Главная » 2011 » Ноябрь » 1 » Yurak Nolasi
19:06
Yurak Nolasi
 

  
Yurak--Nolasi


O’rtamizda qolgan g’amgin g’ussalarni,
O’rtamizda devor qurgan kimsalarni,
O’rtamizda yetim qolgan nolalarni, 
Tushlarimda ko’rishimni bilmaysizda,
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda… 

O’rtamizda yolg’onlarning aksi yomon, 
O’rtamizda shaytonlarning raqsi yomon, 
O’rtamizda armonlarning rasmi yomon, 
Meni izlab kelmaydi deb o’ylaysizda, 
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda… 

O’xshasakda biz parallel chiziqlarga, 
Uchrashamiz taqdirdagi yoziqlarda, 
Sizni topgum omon o’tib to’siqlardan, 
Qirq choh qazib qirq yil meni qiynasezda, 
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda… 

Bilmaysizda sizni o’ylab qon yutganim 
Bilmaysizda izlarizni zor kutganim, 
Bilmaysizda aqlu-hushim unutganim , 
Jonimni ham berishimni bilmaysizda, 
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda… 
 
To’sa olur balolarni oshiq yurak, 
To’ka olur navolarni oshiq yurak, 
Kechirsa ham xatolarni oshiq yurak, 
Muhabbatim nazarizga ilmaysizda, 
Sizni qanday sevishimni bilmaysizda…
Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 1701 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 10
02.11.2011 (00:33) #10
Qadrimga yetmading qadrim bilan do'stman,
Sevgimni bilmading sevgi bilan do'stman,
Dunyodagi baxtsizlar ular bilan do'stman,
Sen meni avaylab sevmading yorim.
02.11.2011 (00:30) #9
Or nomus insonga do'st bir misoli,
Sevgi uchun inson bo'lsa edi vafoli,
Qizning sevgisi bo'lsa yigitga zulim,
Sen meni avaylab sevmading yorim
01.11.2011 (23:09) #8
Qiynagan dardlarni unutdim men oxiri,
Sevgi dardi ko'nglimning bo'ldi bir sohili,
Meni aldagan qiz do'stim bo'ldi oxiri,
Sen meni avaylab sevmading yorim
01.11.2011 (23:06) #7
biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin
01.11.2011 (23:06) #6
heart hands heart hands heart hands
01.11.2011 (20:46) #5
sad sad sad жуда хам зур !!!
01.11.2011 (20:33) #4
Sevgimni bilmading qayg'u bilan do'stman,
Bag'rimni xam tilding dard bilan do'stman,
Shu sevgimni bilmagan qiz bilan do'stman,
Sen meni avaylab sevmading yorim
01.11.2011 (20:31) #3
Qalbimni qiynagan armon bilan do'stman.
Sevgimni o'ynagan tagdir bilan do'stman,
Qadrimni bilmagan yor bilan do'stman,
Sen meni avaylab sevmading yorim.
01.11.2011 (20:18) #2
xa zo'r ekan
atirgul
01.11.2011 (20:10) #1
qoil zo'r chiqibdi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]