20:50 Yo'qotilgan Baxtim | |
Yo'qotilgan Baxtim
Mana bugun jonginam sizni yana esladim,
Xar bir aytgan so'zlariz kulishlariz esladim. San yagona yorimsan ko'zlarimni nurisan, Degan so'zlariz xamon quloqlarim ostida. Siz bergan oppoq gullar ketganizda so'lishdi, Shu gullarga qo'shildim barglarimni uzishdi . Sevgiling kelmaydimi deb ustimdan kulishdi, Siz kelmaysiz hech qachon boshqalar xam bilishdi. Rashk qilardiz xammadan xato esgan shamoldan, Nega jonim ketdingiz alamli bu dunyodan. Sizsiz huvillab qolgan bizni sevgi bog'imiz, Gullari ochilmagan quyosh nuri yetmagan. Sizni mehringiz bilan ochilardi bu gullar, Siz ketgach gul o'rnini egallagan tikanlar. Bog'imizda daraxtdan to'kilmoqda xazonlar, Sizsiz esa yuragim tinmay meni qiynoqlar. Bu dunyodan ketmoqni istab yurgan kezlarim, Yodimga tushib ketdi sizga aytgan so'zlarim. Siz ketsangiz bormayman aslo sizni yonizga, Siz sevsangiz kelasiz menday yagonangizga. Bilaman siz kelmaysiz men xamon kutmoqdaman, Balki aqldan ozdim manzilga yetmoqdaman. Ko'zlarimda to'la yosh osmonga uchmoqdaman, Yana bir qadam qoldi sizni men quchmoqdaman. | |
|
Всего комментариев: 0 | |