Главная » 2011 » Октябрь » 19 » Unutmang...
19:30
Unutmang...


   Siz ko'ngil qo'ygan ayol dono yo befahm,sohibjamol yo hunuk,badavlat yo kambag'al bo'lsa ham,uning sizga baxsh eta oladigan yoki bundan sizni mahrum qila oladigan bitta narsasi bor: bu uning YURAGI. U sizga butun husnini,butun kamolotini sotishi mumkin,biroq uning muhabbati bir xazinadirki,uni pulga sotib olib bo'lmaydi,u BEBAHO. 

  Buning evaziga ayol sizdan ozginagina narsa so'raydi,sizning boqishlaringizda sadoqat barq ursa,unga gapirganingizda ovozingiz muloyim chiqsa bo'lgani,garchi u fikrlaringizni tezda idrok eta olmagan taqdirda ham,yuragingizga nafratu nopisandlik o'rmalashiga yo'l bermasangiz bas. Mabodo taqdir butun niyatlaringizni chipakka chiqarib,baxt sizdan yuz o'girsa ham,sevgi ovunchoq bo'lib qoladi... Siz daraxtlarga qarab ularning ulug'vorligi va qudratiga qoyil qolasiz. Biroq shuncha xushbo'ydan bo'lak narsa tortiq qila olmaydigan mo'jazgina gullaridan jirkanmang... 

  MUHABBAT-ayol sizga armug'on eta oladigan yagona narsa va o'sha yagona narsa hatto o'limni ham tan olmaydi,shuni UNUTMANG!!!

Категория: Har-Xil | Просмотров: 780 | Добавил: AdMinka | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]