Главная » 2012 » Март » 19 » Sungi suzim, Sungi maktubim...
14:26
Sungi suzim, Sungi maktubim...




Sungi suzim, Sungi maktubim...

Salom hayotim. Endi seni hayotim deyishga ham haqqim yo’q. Sen endi o’zga bir insonning hayotiga mazmun baxsh etasan. Naxotki, naxotki sen meni emas, o’zga bir insonning umr yo’ldoshi bo’lding. Seni o’zga inson bilan kelin ko’ylagida ko’rish bilsang edi menga qanchalik azob beryaotganini. Eh-he qanchadan qancha orzularimiz bor edi. Afsus… Ming bor afsus, bu orzular go’yoki saxroga suv quygandek sarob bo’ldi. Mana hozir shu orzularimizmi va birga o’tgan shirin lahzalarimizni sen va yoningda o’tirgan baxtli insonga termulgancha qismatimga achinib eslab o’tiribman. Kechagidek esimda sendan olgan birinchi bo’sam. Dudog’imdan ketmas hamon uning shirin toti. Hayolimdan o’chirolmasman mayin tabasssuming, o’tli nigohing, shirin so’zlaring. O’sha kunlar mening eng baxtli onlarim ekan. Esingdami bizning sevgimizga kimlar xavas qilmadi. Yana kimlardir xasad nigohi bilan qarardi. Baxtli hayot kechirish nasib qilmaganmi yoki taqdir ekanmi biz birga bo’la olmadik. Maktubni yozarman qo’limda alamli titroq ila qalam, ko’zimda esa yigitlik g’ururini mensimagan yosh. Bugun men birinchi bor taqdirimga achinib ko’z yosh to’kmoqdaman. Qani endi bu kunlar qo’rqinchli tush bo’lsayu, uyg’onganimda esa sen bilan baxtli hayot kechirayotgan bo’lsam. Lek qanchalik urunmayin bu orzular armon bo’lib qolaveradi. Senga yetishish uchun qilgan harakatlarim chekkan azoblarim kamlik qilgani uchun meni kechir. Nima ham qila olardim. Otang menga emas, boshqa bir insonga seni oq fotixasi bilan berib yubormoqda. Qo’limdan kelgani faqatgina visol oqshomingni tomosha qilish bo’ldi. Azizim Maftuna maktubim tamomlanar ekan senga yagona tilagim doimo baxtli, yuzingda tabassum bilan yasha. Taqdir charxpalagi aylanib kelajakda ko’rishib qolsak hayotdan zavqlanib yashayotganingni ko’rayin. Men endi sendan, shirin hotiralarimizdan qochib, yangi hayot qurish uchun uzoqlarga ketmoqdaman. Qo’lingdagi maktubni o’qiyotganingda men sendan olislarda bo’laman. Hayotim bu senga so’nggi so’zim so’nggi maktubim. Alvido armon bo’lgan sevgilim…

Deb uz maktubini yakunlagan bir ukamiz, va bu maktubni sizlarga xam xavola etdik.

Eslatma, suratdagi qiz bu voqeaga umuman aloqasi yuq, chiroyli surat bulgani uchun joylandi xolos
.
Категория: Новости | Просмотров: 941 | Добавил: AdMinka | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]