Главная » 2012 » Февраль » 26 » Sog'lom bo'lish uchun 15 ta (maslahat)
20:59
Sog'lom bo'lish uchun 15 ta (maslahat)

Inson hayotining eng ajralmas qismi bu sog'liqdir. Sog'-salomat bo'lsak kayfiyatimiz bo'ladi, har qanday ishlarni bajara olamiz va har qanday qiyinchiliklarni yenga olamiz. Har doim salomat bo'lib yurish uchun ham ba'zi sirlardan boxabar bo'lishimiz kerak. Demak, ushbu maqolada sog'lig'imizga foyda beruvchi maslahatlar berib o'tamiz.

Maslahatlar:

1.  Doimo kayfiyatingizni ko`taradigan fikrlarni o`ylab yuring. Bu holat organizmda moddallar almashinuvini yaxshilaydi.

2.  Sarimsoqni tez-tez iste’mol qilib turishni unutmang, chunki u organizmni tozalab turuvchi mahsulotlar sirasiga kiradi. Yil bo`yi kasalliklardan yiroq yurasiz.

3.    Sut va sut mahsulotlarini iste’mol qiling. Ayniqsa, qatiq – hazm qilish sistemasini, immuntetni oshiradi va infeksiyalarni organizmga yaqin yo`latmaydi.

4.     Mikroto`lqinli pechlarda ovqatlarni isitmang. Ushbu pechda tayyorlangan ovqatlar 5% foydali antikislotalar tarkibi saqlanib qoladi. Shuning uchun ularni bug`da yoki qaynagan holatda iste’mol qilgan ma’qul.

5.    Anor sharbati. Ushbu meva foydali vitaminlarga boy. Bu esa qonda yog` to`qimalarining paydo bo`lishini oldini oladi.

6.   Televizorni kamroq tomosha qiling.Televizor ko`rayotganingizda sizning miyangiz butunlay ishlashdan to`xtaydi. Buning o`rniga boshqotirmalar yeching, kitob o`qing va miyangizni charxlab boring.

7.  Yaxshi dam oling.Tiniqib uxlamaslik, ma’lumotlarni eslab qolish va aqliy faoliyat sekinlashtirishga olib keladi.

8.    Jahl qilmang va birovga kek saqlamang. Bunday salbiy his nerv to`qimalarining yemirilishiga olib keladi. Shunday holatlarda chuqur nafas olish qisman yordam beradi.

9.      Meva va sabzavotlarni ko`proq iste’mol qiling. Ular tarkibidagi vitaminlar immunitetni kuchaytiradi va vaznning oshishiga to`sqinlik qiladi. Ayniqsa, olma mevasini har kuni iste’mol qilish sog`lik uchun foydali.

10.  Doimo harakatda bo`ling. Muntazam harakatda bo`lish, organizmda qon aylanishini kuchaytiradi va mushaklarning rivojlanishida yordam beradi.

11.  Ko`k choy iching. U antioksidantlarga boy,shuning uchun yurak,ba’zi saraton kasalliklari va allergiyada tavsiya qilinadi.

12.    Tuxum yeyishni unutmang. Tuxum tarkibida ko`zlarni ravshan qilishga yordam beruvchi moddalar mavjud.

13.  Tishlarni tozalab turing. Yumshoq va egiluvchan yuvish cho`tkalarini ishlating. Shunda tishning emal qismi va milklari zararlanmaydi.

14.    O`z vaqtida ovqatlaning. Kuniga 3 mahal, ya'ni ertalab, tushlikda va kechqurungi taomlarni o'z vaqtida sabzavotlardan tashkil topgan ovqatlardan iste'mol qiling.

15.  Sizga  salbiy ta'sir   qiluvchi insonlardan uzoqroq bo'ling.Atrofingizda yaxshi ko`rgan insonlar ko`proq bo`lishiga harakat qiling.
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 7150 | Добавил: ™_Пользовател_™ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]