Sevgi...Sevgi deya atalmush oliy tuyg'u hammaga ham nasib etavermaydi.Sevgi-bu Olloh bergan iloxiy tuyg'u bo'lib Ollohning bandalariga bo'lgan,bandalarining esa Ollohga bo'lgan sevgisidan boshlanur.Sevib sevilishdanda ortiqroq baxt yo'qdur dunyoda.Agar inson umrida chin yurakdan bir bora sevsa,sevgini qandayligini biladi.Nega insonlar sevgi so'zini eshitsa "Sevgini ko'zi ko'r" deydilar,chunki ular bu so'zning asl ma'nosini bilmaydilar.
Sevgan insoning qalbi pok va beg'ubor bo'ladi.Ular huddi yosh bolakay suyunganiday,sevgan insonini ko'rsa suyunadilar.Agar inson chin dildan sevsa hech narsa uni qo'rqitmas,hech narsa maqsadiga halaqit bera olmas,chunki sevgan inson biladiki chin sevgi baribir cheksiz baxt ekanligin.
"Sevgini ko'zi ko'r,qulog'i kar"-degan ma'qolga kelsak...xaa,sevgini ko'zi ko'r,qulog'i kar,lekin nega??? Negaki bu SEVGI. Sevgan inson hech narsani anglay olmaydi.Sevgilimni ko'rsam-u qalbim yorishsa deydi.Aslida sevgan insoni hech narsa qiziqtirmaydi,na boylik va na chiroy...Chunki chin yurakdan sevgan inson ko'z yoki quloq bilan emas,haqiqiy chin musaffo qalb bilan sevadi.Lekin afsus ba'zida bunday sevgini qadriga yetmay qolamiz,keyin vaqti keladi xaa albatta vaqti keladi-yu,lekin kech bo'ladi...O'sha sof va beg'ubor sevgan insoning bir og'iz shirin so'ziga zor bo'lamiz-u,ko'zga yosh olgancha xo'rsinib qolamiz.
Hurmatli yoshlar!!! Keling bir o'ylab ko'ramiz...Sevib sevilib qurilgan oila yaxshimi yoki qizni chiroyiga yo bo'lmasam yigitning boyligiga uchib qurilgan oila yaxshimi?Masalan: Ikki inson bir-birin chin yurakdan sevishsa,ularning o'rtasida ishonch va xotirjamlik bo'ladi.Yaxshi yomon kunida bir-birlariga suyanishadi.Ularning sof sevgisiga hech kim va hech narsa azob bera olmaydi.Ular kun-u tun faqat bir-birlariga intilib yashaydi.Ne axvolda,tinch-omonmi,xursandmi yo g'amginmi deb o'ylab yuradilar.Sevgan insoning sevgilisi kulsa u ham kuladi,yoki yeg'lasa u ham yeg'laydi.Chunki sevilgan insonlar bir tan-u bir jon bo'ladi va "SEVGI" deya atalmush dunyoda sayr etadi...
Endi esa keling,qizning chiroyiga uchib turmush qurgan yigitlar haqida gaplashsak.Ularning sevgisi qanday?! Ularning sevgisi vaqtinchalik,ya'ni...Bir haqiqatki,Olloh insonlarni bir-biridan go'zal qilib yaratgan.Xo'sh,chiroy ila qurilgan turmush,shundaki ular faqat yuzni va qaddi-qomadni sevadilar,lekin qalb chiroyi neligin bilmaydilar.Bir yigit chiroyga uchib bir qiz bilan turmush qurdi deylik,bu yigitdan keyinchalik nimani kutish mumkin?! Chiroy bir o'tkinchi payt.Yuzdagi chiroy,qaddu-qomad bir kun kelib o'z aksin yo'qota boshlaydi.Shunday paytda chiroyni deya turmush qurgan insoni qayerlardan topamiz?! Yanada go'zal va yanada dilbar ayol makridan topamiz.Xo'sh bunday holda qanday yo'l tutamiz? Yoki dod-faryod urib yeg'lab qolamiz,yo bo'lmasam mag'rurlik ila qalbda armon bo'lgan orzularni ko'mamiz.
Endi esa boylikka uchib qurilgan oila haqida gaplashsak.Hozirgi zamonda hammaga ma'lumki,mashinasi bor uyi qasr qizning harajatlarini qondiradigan yigitlarni kamdan-kam qizlar rad qilishadi.Qizga turli xil sovg'alar bersa,mashinasida aylantirib yursa qaysi qizga yoqmaydi,yoki qizning otasi badavlat bo'lib bo'lajak kiyovining qo'liga qimmatbaxo mashinaning kalitini berib qo'ysa qaysi yigitga yoqmaydi deysiz?!Endi sevgini chetga surib,boylik ila qurilgan oila...Olloh bu hayotda insonga bir marotaba cheksiz boylik deya atalmish omad beradi.Bu omadni ko'pchilik insonlar qadriga yetmaydilar.Shunda boylik bilmagan holda qo'ldan chiqadi.Undan so'ng esa oilada yetishmovchiliklar va oila o'rtasida janjallar yuzaga keladi.Qizning boyliga uchgan yoki yigitning boyligiga uchganlar esa o'z extiyojini qoniqtira olmay ajralisha boylaydilar.Chunki ular qiyinchiliksiz,o'zlariga ora berib yashashga o'rganib qolganlarda,ularga bu ish odat bo'lib qolgan.Lekin boylik qo'ldan chiqsa ham,odat insonni tark etmaydi.Sekin-asta oila deb atalmush hayot janjallar ila yakun yasaydi.
Endi aytingchi,shu uch xil sevgidan qaysi birini o'zingizga mos deb o'ylaysiz???
Sevgi bu-Ishonch demakdur,chin sevgi bor qalbda rashqqa o'rin kam.Ishonchsiz sevgi,sevgi emas.Azizlar Ollohim hammamizni sevib sevilib yashashdan maxrum qilmasin.Seving va hamisha sevilib yuring...
|