Главная » 2011 » Ноябрь » 8 » Sevgan yorim yig'lama!
12:27
Sevgan yorim yig'lama!



To'rtinchi kurs edim. Universitetda eng a'lochi talabalardan biri edim. Bironta tadbir mensiz o'tmas edi. Turli ilmiy konferensiyalarda qatnashardim... 

Bir kuni Aldulhamid Cho'lpon ijodi haqidagi konferensiyada ma'ruza qildim. Konferensiya juda zo'r o'tdi. Tadbirdan keyin qiziquvchilar bilan yana suhbat qildik. 

Mana shu kun bir umr mening yodimdan chiqmasa kerak. Men savollarga javob bera edim. Nogahon, bir qizning o'tli nogohi men tomonga qiyo boqayotganini sezib qoldim. Bir zumga o'zimni yo'qotib qo'ydim. Buni ko'pchilik sezmasa-da, ana o'sha qiz sezib, darrov ko'zini olib qochdi. Men har xil savollarga javob berar, o'zimning bu muvaffaqiyatimdan quvonar edim. Bir payt haligi qiz turdi-da, Cho'lponning "Go'zal" she'ri haqida savol berdi. Men esa nima deb javob berishni bilmas edim. Savol javobini bilardim, lekin shu paytda hech narsa tilimga kelmas edi. Bir-ikki soz' gapirdim-da, javobni keyinga surdim. Konferensiya tugadi. Men esa haligi qizni qidirardim. Afsus u ketib bo'lgan edi. 

Ertasi kuni o'qishga keldim. Domlalar, talabalar, kechagi konferensiyadagi chiqishimni qutladilar. 2-paradan keyin kutubxonaga kirdim. Oldidagi partalardan biriga o'tirdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, kechagi qiz ham kutubxonada, mendan 2 ta stul narida o'tirardi. Nima deb gap boshlashni bilmay rosa qiynaldim. Haligi qiz orqasiga bir o'girildi-da, o'zi gap boshladi. "Vo, xudo!" deb yubordim ichimda. 

- Salom. Kechagi ma'ruzangiz menga juda yoqdi. 
- Rahmat! 
- Men ham Cho'lpon ijodiga juda qiziqaman. 
- Juda yaxshi-da... 
- Menga yordam berolmaysizmi? 
- Albatta... 

U mendan bir necha savollarini so'radi. Men esa javob beryapman-u, yuragim o'ynardi. Ba'zi savollariga javobini bilsam-da, ataylab, ertaga bilib kelib aytaman, dedim. hayrlashdik. Uyga borib, nima ishni qilmay uning qo'ng'iroqdek ovozi doim menga tinchlik bermasdi: "Menga yordam berolmaysizmi?" 

Ertasi kuni yana kutubxonada ko'rishdik. Savollariga javob berdim. Bugun o'zimda kuch topib uning ismini so'radim. Judayam chiroyli ism ekan: Mahfuza. Yana yordam kerak bo'lsa menga murojaat etishini aytdim. 

Biz endi tez-tez ko'rishib turardik. U ham menga o'z yaqinidek munosabatda bo'lardi. Noyabr oyida meni chet-elga konferensiyaga jo'natishdi. Ikki hafta Mahfuza bilan ko'rishmadim. Chet-eldaligimning ikkinchi haftasi pochtamni xabat olsam, undan maktub kelgan edi. U meni sog'inganini yozgan edi. "Sizni sog'indim" deya aytilgan bu beg'ubor so'z meni qanchalik xursand qilganini bilsangiz edi. Tezroq uyga, yana Toshkentga ketgim kelib qoldi. Bu yerdagi magazinlarni aylanib Mahfuza uchun ajoyib sovg'a ham oldim. 

Yana o'qishga qaytdim. Birinchi kuni Mahfuzani ko'raman, deb rosa umid qildim. U kelmagan ekan. Men buni uning kursdoshlaridan so'rab bildim. darvoqe, u birinchi kursda o'qirdi. U ertasi kuni ham kelmadi. Va nihoyat shu kuni uning uyiga birinchi marta telefon qildim. Yaxshi o'zi ko'tardi. Uning ovozidan ozgina mazasi yo'qligi sezilib turardi. Shunday bo'lsa-da, bildirmaslikka harakat qildi. Yaxshi keldingizmi, deb hol so'radi. Suhbat oxirida esa, "meni duo qiling" dedi.

Ikki kundan keyin Mahfuzani o'qishda ko'rdim. Bugun sovg'ani tashlab kelganimga afsus qildim. U bilan gaplasharkanman, uning "sizning duolaringiz bilan sog'ayib ketdim" degan samimiy so'zlari og'ushida mast bo'lgan edim. Uning dugonalaridan tug'ilgan kuni qachonligini bildim. Darvoqe, bir haftadan keyin ekan, sovg'ani shu kunga asrab qo'ydim. 

Tug'ilgan kunidan oldingi kecha hamma tuyg'ularimni qog'ozga joylab, haligi sovg'a bilan birga bezatdim. Ertasi kuni o'qishda uning har kungidan ham ochilib, go'zal bo'lib kelganini ko'rdim. Avvaliga nima deyishni ham bilmas edim. Qo'limdagi sovg'ani unga tutkazarkanman, "tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!" deyishni ham unutibman... 

Biz endi qishki amaliyotga chiqdik. O'qishga bormas edim. 2 haftalardan so'ng, pochtamni ochsam, Mahfuzadan xabar kelgan edi. U o'zining dil so'zlarini she'r bilan bayon qilib, buni o'qing qanday chiqibdi, qabilida maktub yozgan edi. Qalbdan yozilgan bu she'rning menga atalganligini sezib turardim... 

Kunlar o'taverdi. Bahor ham keldi. Bir kuni Mahfuza siz bilan gaplashib oladigan muhim gapim bor dedi. Gaplashdik. Uning aytishicha, bir joydan ularning xonadoniga hadeb sovchilar kelayotgan ekan. Men uyga borib, onam bilan shu masalada gaplashdim. Oyimlarning "ular bizga qiz berisharmikin?" degan gumonlariga qaramay, ularni ko'ndirdim. 

Ertasi kuni uyga kelsam, onam yig'lab o'tirardilar. Sababini so'raganimda, sovchilikka borganlarini, lekin ularning alamli so'zlari, "ko'rpanga qarab oyoq uzat, biz ko'chada qolganimiz yo'q" deya aytgan kinoyalari onamni juda hafa qilgan ekan. Onamni qancha yupatsam ham ko'zlaridan yoshlari uzilmas edi. "Kambag'al deb xo'rlayverarkan-da", "o'qiyuvchi odam emasmi?" deb xo'rliklari kelardi. Buni ko'rib mening ham ko'zimdan yoshlar oqdi. 

Bir hafta o'qishga bormadim. Pochtani ham xabar olmadim. Dekanimiz aytdirib yuborgani uchun dushanba kuni o'qishga bordim. Mahfuzani ko'rdim-u, indamay o'tib ketdim. Darsxonaga kirdim. Orqamda Mahfuza ham kirayotgandi. Men indamay chiqib ketdim. Mahfuza orqamdan "Fattoh aka" degancha qolaverdi. Bufetga kirdim. Achchiq kofe buyurtma berdim-da, yana achchiq xayollar og'ushiga g'arq bo'ldim. Boshimni stol ustiga qo'ygancha, taqdirning bu ayanchli voqealarini xayoldan o'tkazardim. Bechora qiz bu yerga ham kelibdi, yonimga o'tiribdi, bilmabman ham. Uning yig'i ovozidan o'zimga keldim. U menga qarar, biron so'z demas, tinmay yig'lar edi. Endi men uni yupatishga tushdim. Tashqariga olib chiqib, skameykada o'tirdik. U menga qarab, xuddi hech narsa bo'lmaganday, "meni turmushga uzatishyapti", - dedi. Men esa "Baxtli bo'l" deya oldim xolos. U: 
- Siz-chi, siz meni baxtli qilolmaysizmi? 
- Seni ana o'sha boyvuchchalaring baxtli qiladi. Sendaylar mendaka yalangoyoqlar ko'rpangga qarab oyoq uzat deb ostonangdan itni haydagandek haydaysanlar. Senldakalar hamma narsa mol-dunyo bilan o'lchaysanlar. Biz esa yerdan chiqqanmiz. Bitta aybimiz bor - ozgina kambag'almiz... Senlar esa... 

Umrimda birinchi marta unga qattiq gaplarni o'zim bilmagan holda jahl bilan aytib yuborgan edim. Aslida qizda ayb yo'q edi. Keyinchalik bu ishim uchun juda afsus chekkandim. Uning alam bilan to'kayotgan yoshlari hali hamon ko'zim oldidan ketmaydi. Shundan keyin men Mahfuzani ko'rmadim, qiziqmadim ham. Bir kuni uning dugonalari menga bir maktub olib kelishdi. Unda quyidagilar yozilgan edi: 

Fattoh aka! 
Meni kechiring, aslida onangizni behurmat qilishganini men bilmagan edim. Iltimos, uydagilarimning ham gunohini kechiring. 
Taqdirimiz shunaqa ekan. Meni ota-onam o'zlari istagan xonadonga uzatishmoqda. Men qiz bolaman, ularga qarshi bir nima deya olmayman. 
Meni kechiring, sizni o'sha birinchi ko'rganimdayoq sevib qolgan edim, haliham qalbim ardog'idasiz. 
Men sizni umrim boricha sevishga tayyorman, birgina tilagim, men haqimda nima deb o'ylasangiz ham, oxirgi marta to'yimga keling. 
Sizni sevib qoluvchi, singlingiz Mahfuza! 

Buning uning to'yi. Garchi istamasam ham dugonalarining qistovi bilan to'yga bordim. Shahrimizning eng muhtasham restoranlaridan biri. Restoranga barcha kazo-kazolar tashrif buyurgan, to'y to'g'rida esa men sevgan qiz begona yigit bilan.... Bir chekkadan bizga ham joy tegdi. Asta-sekin barcha katta-katta xonandalar o'z qo'shiqlarini ayta boshlashdi. Bu orada dugonalari shipshitishdi, shekilli, Mahfuza bir-ikki biz tomonga qarab qo'ydi. Qo'shiq navbati Anvar Sanayevga berildi: 

Go'zalim, bugun sening to'ying kechasi, 
Baxtim, bekasi, ko'nglim erkasi. 
Go'zalim, xavas qilar qizlar nechasi, 
Baxtim, bekasi, ko'nglim erkasi. 

Bugun sening sevgan yoring og'ushiga oladi, 
Bu kun menga motam bo'lib bir umrga qoladi. 
Egningdagi oppoq libos umidlarim so'ndirar, 
Aytolmagan sevgim alam qilib o'ldirar. 

To'yxonadagi eng go'zal malak yig'lar edi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kilardi. Goh-goh zimdan menga ko'z tashlab, yana yig'ida davom etardi. Anvar Sanayev esa yonayotgan qalbga yana otash solardi: 

Jonim, ko'zingdagi yosh meni hech tinch qo'ymaydi, 
Sen o'zga yorga yo'ldosh, qalbim yig'lab to'ymaydi. 
Sevgan yorim deganim, yor bo'lmadi, naylayin, 
Jondan aziz bilganim, yor bo'lmadi, naylayin, 

Sevgan yorim yig'lama, 
Shirin jonim, yig'lama, 
Yurak bag'rim tig'lama, 
Men senga begonaman... 

Men o'rnimdan turdim. Kelin-kuyov o'tirgan o'tirgan stol tomon yurib, asta burildim-da, Anvar Sanayevga cho'ntagimdagi bor butimni qistirdim-da, asta to'yxonani tark etdim... Mahfuzaning so'nggi nigohlari mening nigonlarim bilan to'qnashdi: 
Sevgan yorim yig'lama, 
Shirin jonim, yig'lama, 
Yurak bag'rim tig'lama, 
Men senga begonaman... 

Shu kecha umuman uxlamadim. Onamning barcha tasallilari osmonga uchdi, xuddi mening oydin orzularimdek. Men yig'lar edim, yum-yum yig'lardim... 

Yuzlaring go'zalmu, so'zlaring go'zalmu? 
Seni ko'rib, sevib-sevib bo'zladim, 
Sevimli dildorim, qalbdagi ozorim, 
Seni o'ylab kecha-kunduz yig'ladim. 

Men zor yig'ladim, sen zor yig'lading, 
Seni begonaga berib yig'ladim 
Men zor yig'ladim, sen zor yig'lading, 
Taqdirimdan kuyib-kuyib yig'ladim...
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1055 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
11.11.2011 (19:56) #2
ARMON

Kuylolmadim,
yaqroqlar kabi,
quruq shoxday titrar ovozim —
so`lib qoldi bahorim tag`in,
suvga cho`kdi yana bir yozim.

Kuzak keldi
bag`rimni dog`lab;
qo`lin cho`zdi giyohga, gulga,
sayradilar so`ng bora, bog`lar
to`lib qoldi o`lik bulbulga...

Qorlar yog`di,
og`ridi jonim,
uxlayotgan bog`lar poyida
kuylolmasdim, undan yomoni
yashil edim qantar oyida...
10.11.2011 (12:17) #1
sad sad sad sad
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]