Главная » 2011 » Октябрь » 31 » Sevaman demang qizlar..!!!
19:04
Sevaman demang qizlar..!!!

Sevaman demang qizlar..!!!

''Qizbolani iboyisi o'ziday chiroyli bo'lishi xaqiqiy go'zallikdur''...
Avvalam bor Assalomu alaykum oydan go'zal qizlarjon.
Men maqolani bekorga bu jumladan boshlamadim. Meni bugunda bazi qizladan judayam xafaman. Negaki aynan bazi qo'shtirnoq ichidagi bazi qizlar dep barcha qizlar yigitlar naznida yomonga chiqmoqda. Meni xozirgi yigitlarimizni qizlarimiz xaqida salbiy fikrda ekani xovotirlantirmoqda. Oldin ota bobolarimiz o'z she'rlarida qizlarni gulga o'xshatip qiyoslap ulug'lasa. Hozirgi yigitlar qizlarni qo'g'irchoqga qiyoslashmoqda. Xatto qo'shiqlarida yo'qal ko'zimga ko'rinma. Xamma yetinga kirip chiqip bo'ldim dep kuylashgacha borishdi. Bunga qizla o'zimiz aypdormiz tan olaylik. Men o'ylap qoldim nega qizlarni xurmati yigitlar oldida tuship qolmoqda? Avval ayollar muqaddas xisoblanardi, avvalgi qizlar bilan xozirgi qizlarni farqi nimada? Uzoq o'yladim birinchi ko'z o'ngimga Kumush keldi.Nega Otabek Kumushni bunchalar qattiq sevgan xurmat qilgan. Bu savolni faqat bitta javobi bor negaki Kumush xech qachon sevaman demagan. Hozirgi qizlarimizchi? Sevaman deyish u yoqda tursin xayotimdan tortip jonimgacha atab kunda kerak bo'lsa ming martalab sevaman deydi. Bu xam mayli xatto internetdagi statuslar xam qolmaydi. Yurak statusini qo'yip sevganini ismini yozip qo'yadi. Yaqinda bir saytda bir qiz bir yigitga sevgi isxor qilip maqola yozishgacha boripti bunisiga nima deysiz. U xam qolip qo'llariga ninada o'yip sevganini ismini yozip olishadimimey xullasda. Kechirasizu xaqiqiy sevgan qiz, sevganini ismini bilakga emas yurakga yozadi. Qizlarjon bu nimasi a? (bu gaplar xamma qizlarga tegishli emas gap egasini topadi) Bilasmi psixologlar nima deydi. Yigitlar qizlarni sevaman degan gapini eshitguncha sevarkan undan keyin tashlap ketmasayam baribir qiziqish kamayar ekan. Naxotki bir umr sevilip yashagiz kelmasa... Men shuni 100 foiz ishonch bilan aytamanki barcha yigitlarning orzusidagi malikasi bu albatta onasi o'pmagan qiz(yani qo'l tegmagan qiz degani qo'pal ma'noda uzr qog'ozga o'ralmagan gap) qo'shiq xam borku onasi o'pmagan bir qiz topaman degan. Naxotki kimnudur orzusidagi malika bo'lgiz kelmaydi a... Axir Kumushoydan sizu bizni kamimiz yo'q tog'rimi.

Bir donishmand aytgan ekan ayol dunyaga sevish uchun emas sevilish uchun yaralgan. Uning vazifasi esa vafodorlikdur...

Extimol aytarsiz sevgisini yashirish qo'rqoqlik dep. Lekin andishani otini qo'rqoqga chiqarmaslik kerak. Men bu gaplarimi isbotlashim mumkun. Yaqinda saytimizda yigitlar qizlar xaqida qanday fikrdasiz degan mavzuda saytimizdagi mobil chatda so'rovnoma o'tkazdim bilasizmi yigitlar nima dep javob berdi. Qizlar nega buncha ishonuvchan a? Qizlar xiyonatkor va 10 ta qiz meni desa xam men 11 chisini xoxleman dep javop berishdi endi tushungandursiza, xulosani o'ziz chiqaring. Xar qancha go'zal bo'lmang agar odobiz go'zal bo'lmasa sizni sevishlari mumkun lekin xurmat qilmaydi. Xar qancha sog'insangiz xam sog'intirip yashashga nima yetsin. Keyin yana bir gap bor. Qizlarnimg eng go'zali bu albatta eng nozlisi bo'ladi. Kiygan kiyimlariz va upa enliklariz emas qadriz qimmatbaxo bo'lsin axir siz bunga arzisiz. Odobiz nafaqat kiyinishda balki o'zizni tuta bilishda gap so'zizda xam bilinip tursin. Avvalgiday yigitlar bizni xam gulga qiyoslap muqaddas xisoplashishiga arziylik. Keling xammamiz birgalikda odop xayoda momolarimizdan qolishmasligimizi isbotlaylik. Eng avvalo o'z vijdoninmiz oldida qiz bola ekanimizdan uyalip qolmelik. Unutmang biz o'zbek qizimiz. Otamizning nomusi, akamizning shani, ukamizni g'ururimiz shuni unutmaylik.


Tog'ri xozir 21 asr men xozi 19-asrning fikrlarini yozgandurman. Lekin tuyg'ularni va ibo xayoni zamoni bo'lmaydi... Shoshilmang xamma narsani o'z vaqti soati bor. Bilasiz xalqimizda bir gap bor shoshgan qiz .... yolchimaydi degan. Seving seviling faqat bittani sevip yagonasi bo'ling. Xayotim jonim sevaman degan gaplarni esa xalol pok bo'lajak turmush xamroxiz xaqiqiy manodagi yakka yagona Begizga upakovga qilip asrap qo'ying kelishtikmi?
Keling endi qizlarjon shu mavzu orqali bir o'zimizi o'zimiz tanqit qilamiz ishoning buni ijobiy foydasi bo'ladi. Xo'sh xoziirgi qizlarimizni xozirgi qizlar xaqida qanday tanqidiy fikrlari bor. Fikr muloxazalarizni izoxlarda kutip qolaman.



Barno
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1110 | Добавил: Boja | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
31.10.2011 (21:15) #3
smile smile smile Амиин!!!!
31.10.2011 (20:21) #2
Alloh insof bersin xammaga
31.10.2011 (19:05) #1
smile
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]