Главная » 2011 » Октябрь » 23 » " Seni uchratganimda " yohud unutishga o´rgat meni..davomi..
13:26
" Seni uchratganimda " yohud unutishga o´rgat meni..davomi..
 
"Seni uchratkanimda"yohud unutishga o'rgat meni..
{DAVOMI}     
  Oilam davrasida nonushta qilayotgandim. Telefonim jiringlay boshladi: "To'rt qadam qoladi yetishga senga, To'rt qadam qoladi yetishga menga, Lekin chekinamiz nega orqaga, Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga...." Qarasam "berkitilgan raqam". Bu siz edingiz. Nima qilishni bilmay qoldim. Xuddi onam hammasidan xabardordek tuyulardi. Go'yo gunoh ishga qo'l urgandek qo'llarim titrardi. Yurak urushim esa butun olamga eshitilayotgandek edi. Bunaqa holatga ilk bor tushishim. Bir onamga, bir telefonim ekraniga qarardim. Ko'zlarimni qayerga berkitishni bilmasdim. Nahot biz o'zbek qizlarida "Ibo" atalmish tuyg'u shu qadar yuqori bo'lsa? Onajonimning ko'zlariga boqolmasdim. Onam esa hayron. Telefonimning esa ovozi tinay demasdi. Hayajon kuchliligidan nima qilishni bilmay qolgandim. Endi o'ylayman, telefonimni o'chirib qo'ysam bo'lardiku. Men nima qildim. Telefonimni shart olib, o'tirgan joyimga qo'yib, ustiga o'tirib oldim. Ovozi esa baribir eshitilaverdi: "To'rt qadam qoladi yetishga senga, To'rt qadam qoladi yetishga menga, Lekin chekinamiz nega orqaga, Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga...." Onam kulgudan o'zini tiyolmadi. Chetdan qarasa chindan kulgulik holatda edim. Axiyri yugurib o'rnimdan turib, xonamga qamalib oldim. Onam, ukamlar esa hamon kulishardi. Xonamga kirgach, jaxl ila qo'ng'irog'ingizga javob berdim. Ha, qattiq jaxl ila. -Nima deysiz? -siz esa bu javobdan bir so'z deyolmadingiz. -Nima deysiz? Hammani oldida sharmanda qilmoqchimisiz? Qo'ng'iroq qilmayman degan edingizku. Nega bezovta qilyapsiz? -Alo, o'zingmisan? Bu qanaqa muomala? Kechirasanu, lekin men seni ko'raman deb o'qishga bormadim. Sen bilan xayrlashganim hamonoq sog'indim. Tez kelaqol. Suratxonani yonida bo'laman. Shu yer ma'qulmi? Kollejga shu yerdan o'tib ketasanku. Seni kuzatib qo'yaman xop. Farishtamni yolg'iz yurishiga aslo rozi emasman. Men uning muomala bilan so'zlagan gaplari sabab, tezda muloyim tortdim. Uning so'zlari toshnida erita olardi. Axir mening qahrimni sindira oldiku. -Xop, tezda boraman. Ketib qolmang. -o'zimga o'zim tushunmasdim. Uni ko'rishga oshiqardim. Men allaqachon sevib qolgandim. Endi nigohimdan muhabbat va mehr yog'ilardi, qahr emas. Bu uchun sizdan minnatdor bo'lish o'rniga erkaligim tutardi. Sizni qiynardim, o'jarlik bilan. Har kuni befarqlik bilan naroqdan beroq kiyinib, sochini ham shunchaki taraydigan odam, uzoq vaqt kiyim tanladim. Sochni ham har tarafga taradim. Ilgarilari o'zimga ja bino qo'ygandim. Sizni sevib qolgach esa...O'zimga o'zim hunuk ko'rinardim. Axiyri ko'rinishim o'zimga ma'qul kelgach, yo'lga otlandim. Shu vaqt mashinasida tog'am kelib qoldi. -O'qishgami jiyan? -Ha tog'ajon, o'qishga. -O'tir kollejing yoniga tashlab qo'yaman, kechikayotgandursan. -Yo'q, yo'q tog'ajon, o'zim yetib olaman. -O'tir jiyan, hijolat bo'lma! -Xo'p bo'ladi. -noiloj mashinaning orqa o'rindig'iga o'tirdim. -Tog'ajon, meni hu anavi suratxonani yoniga tushurib keting! -E, kollejgacha eltib qo'yardim. -Yo'q, kursdoshlarim kelishi kerak. -U yerda bitta yigitdan boshqa hech kim ko'rinmaydiku. -tog'amning mijg'ovligidan xunobim oshardi. -Endi kelib qolishadi. Mayli, men boraqolayin tog'a. -gapni qisqa qildim. Mashinadan tushgach qarasam, shimim ham, kurtkam ham hul. -Tog'a, o'rindiqqa nima to'kilgandi? -asabiylashganimni yashirolmadim. -E, Samatga mashinani yuvib qo'y degandim, oynalarini yopmasdan yuvgandurda. Hul bo'ldimi kiyiming? -Ozroq, mayli ketavering tog'a. -Yaxshi o'qi, bor biznikiga ham. Endi ortimga qaytmoqchi edim, ko'rib qoldingiz. Endi qaytib keta olmayman. Ming hijolat bilan siz tomon yura boshladim. Asablarim esa tarang. Bir tog'amning sud qilgani bo'lsa, biri kiyimimni hul bo'lgani. Kurtkamku mayli, yomg'ir yog'yapti, tushunsa bo'ladi. Shimni nima deb o'ylashadi axir. -Qarachi, sochimda nechta oq tola bor ekan? -men nima demoqchiligingizni bilmasdan, sochingizga qaradim. -Hammasi qop-qora. -Odam ham shunchalik kuttiradimi? -Uzur, shunaqa bo'lib qoldi. -Ketdikmi? -Hm. -Nega homush ko'rinasan? Kim xafa qildi meni "gulim"ni? Ayt, chochib tasheman. -Yo'q, shunchaki, sizni vadangizda turmaganingizga asabiylashdim. -Nega tushunmaysan? Bir yil deganda roziligingni oldim. Seni ko'rgim keldi. -Endi darsingizni qoldirmang xop. -Xo'p bo'ladi. -yoqimli jilmaydingiz. Shunda butun dunyolarni unutdim. Bir umr yonimda shunaqa jilmayib turishingiz uchun hamma narsaga tayyordek edim o'shanda. -Bir narsani iltimos qilsam maylimi? -hijolatomuz boqdingiz. -Bemalol. -Endi baland poshnali oyoq kiyim kiyma! Qara shuncha uzun bo'lib ketibsan mendan. -Xop. Endi kiymayman. Yo'lak bo'ylab ketar ekanmiz, sizdan xushbo'y atirning yoqimli ifori taralib turardi. Yomg'ir ham maydalab yog'ardi. Dilni esa o'zgacha bir hislar qamrab olgandi. Axir bu bizning ilk uchrashuvimiz edi. Osmon bulut. Xuddi bizni ayriliqga yuz tutishimizni oldindan sezgandek, yum - yum yig'lardi osmonimiz. Biz esa sezmaganmiz. Kollejga yaqin qolgach, bir kursdoshimni ko'rdim. U sizni qarindoshingiz ekanligingizni juda yaxshi bilardim. U nimadandur xabar topsa, bu tamom degani. Ha tamom. Hamma endi bundan xabar topadi. U bizni ko'rgach, nima qilishni bilmay, ortimga o'girilib, indamay kelgan yo'limga qaytib ketayotganimni ko'rib, kulib yuborgan edingiz. -Yuraqol, endi befoyda. Baribir bizni ko'rdi. U hech kimga aytmaydi. Ishonsa bo'ladi. -Boring, 10 metr u yoqda yuring! Boring, boring. -deya yerga qaradim. Siz esa ranjigandek bo'ldingiz. So'ng kursdoshim bizni ko'rgach, raqsga tusha boshladi. Mening esa jaxlim chiqardi. Bunaqa vaziyatni kutmagandim. -O, sava! Qalaysilar oshiqlar? Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Bir - biringlarni sevishinglarni bilardim avvaldanoq. -Nimalar deyapsan o'rtoq. Hech balo bo'lgani yo'q, shunchaki, yo'limiz bir ekan. -deya zarda qildim unga. -Yog'ey, bu juda qiziqku. Men hech so'z demasdan kollejga kirib ketdim. Ikkalangiz esa uzoq suhbatlashdingiz. U sizni qarindoshingiz bo'lsada qattiq rashq qildim sizni. Darsga kirgach ham o'tira olmadim. Yuraklarim siqilardi. Tilimda esa bitta so'z: "Nimalar qilib yuribman?". So'ng bir o'rtog'imning yoniga bordim va bor gapni aytdim. U esa sizni juda maqtadi. Hattoki tillaridan bol tomdi. Oz bo'lsada ko'nglim xotirjam bo'ldi. Yo'lda ko'plab sevishganlarni ko'rdim. "Mana bular ham sevishadi bir - birini, o'lib qolgani yo'qku, hech kim otib tashlameyaptiku" deya o'zimga taskin berardim. Kursdoshlarim ham sevgan insonlari bilan telefon orqali gaplashardi, ularni ko'rib ham o'zimni ovutardim. Qo'rqqanim shuki, oilamdagilar bilsa, baloga qolaman deb o'ylardim. Shu o'ylarda uyga qaytdim. Sizni raqamingizdan SMS keldi: "Gulim, tezroq chiq, men kollej yonida kutyapman". Hayron qoldim. Axir men uydamanku. Javob yoza boshladim: "Men ancha oldin uyga kelgandim". Shu zahotiyoq qo'ng'iroq qildingiz. -Bu nima qilganing? Menga bir og'iz aytib qo'ysang bo'lardiku. -Tushunmadim, nima men sizga hisob topshirishim kerakmi? -Men unaqa demadimku, shunchaki aytsang bo'lardi. -Yo'q, men har doim o'z holimcha ish qilganman. Oxirigacha shunaqa bo'lib qoladi. -Menchi? Men har doim shunaqa kutib qolaveramanmi? -Nega tushunmaysiz? Ko'cha kuyda siz bilan birga yura olmayman. -Nega? -Hamma taniydi. Nima deb o'ylashadi? -Uzur, sen haqsan! Mayli, keyin gaplashamiz. Jaxlingiz chiqqanini sezdim. Ammo befarqgina bo'lib qo'l siltadim. Kechasi yana SMS yozdingiz: "Farishtam, xayrli tun! Bugun ozroq qizishib ketdim, meni kechir. Iltimos endi ketishingdan oldin ogohlantirib qo'y! Seni yo'qotishdan qo'rquvchi ROMEO..." Javob ham yozmadim. G'urur ustunlik qildi. Qanchalar kutgandursiz javobimni. Aslida uzur so'rashi kerak bo'lgan inson men emasmi? Nega siz uzur so'radingiz? Lekin buni o'sha vaqtlar tushunmaganman. Tongda yana SMS: "Gulim Xayrli tong! Seni suratxona yonida kutaman!" Men bordim, qo'lingizda ikkita muzqaymoq bilan kutib turgan edingiz. Salom alikdan so'ng yo'limizda davom etdik. Men muzqaymog'imni tezda yeb bo'lgach, sizning qo'lingizdagi muzqaymoqni ham olib qo'ydim. Siz esa samimiyat bilan "Osh bo'lsin, jinnivoy" degandingiz. Kunlarimiz shu tarzda maroqli o'tardi. Bizning muhabbatimizdan hamma xabardor bo'ldi. Hatto sizning oilangizdagilar ham. Hammani bizga havasi kelardi. Biz baxtli edik. Yonimga atirgul g'unchasi ko'tarmasdan kelmas edingiz. Qip-qizil, xushbo'y va juda go'zal atirgul g'unchasi. Hammasini to'plab qo'ygandim. Ular juda ko'p edi. Tunlari telefonda uzundan uzun suhbatlashardik. Chiroyli orzularimiz bor edi. Hammasi uvol bo'ldi poyimizda. "Dengiz qanchalik katta bilasanmi? Meni senga bo'lgan sevgim oldida u xuddi tirnoqdek bo'lib qoladi" deya takror va takror aytardingiz. Har bir so'zingiz jonimning oromi edi. Yolg'iz suyganim edingiz. 8-mart kuni yumshoq o'yinchoq berganingiz yodingizdami? Gulni ham unutmagan edingiz. Uni qo'limga tutqazar ekansiz, "Agar meni sog'insang, buni bag'ringga bir bor bos!" dedingiz. O'sha o'yinchoqni hozir bag'rimga bosgancha yum - yum yig'layapman. Kim aybdor bizning ayrilig'imizga? Kimga darkor edi bu ko'z yoshlar? Ko'chalardan yugurib yonimga kelganlaringiz, mehr ila gul tutganlaringiz hech ham yodimdan o'chmayapti. Qop - qora tundek qoshu - ko'zlaringiz ko'z o'ngimga muhrlangan. "Bir - birimizni sog'insak shu tut daraxti yoniga kelamiz" degandingiz. O'sh tutning kavagiga bir - birimizga atab olgan sovg'alarimizni va nomalarimizni qoldirar edik. Hanuz boraman o'sha daraxtning yoniga. Ammo siz yo'q. Kavak ham bo'm - bo'sh. Demak meni umuman sog'inmagansiz. Sizdan ilk bor ko'nglim qolganini eslasam, hanuz etim jimirlaydi. -Men sen bilan ochiqchasiga gaplashib olishim kerak! -Mayli, gaplashaveramiz. -nima deyishingizga qiziqardim. -Bilasanmi? Men hali ko'p o'qishim kerak! Seni esa turmushga berib yuborishadi. -Nima demoqchisiz? Tushuna olmayapman. -Xullas, men senga vada bera olmayman. -men telefonimni uloqtirdim derazadan. Butun vujudimdan olov chiqardi. "Axmoqman" deya o'zimga va muhabbatga lanatlar o'qirdim. Hammasi tamom deb o'ylardim. Fikru hayolimda birgina fikr: "U meni aldadi". Ammo ertasi kuni yonimga kelib umuman boshqa gaplarni aytdingiz menga. Bilmadim, bu so'zlaringiz haqiqatmi yoki telefonda aytganlaringiz? Qay biriga ishonay? Hanuz qay biri haqiqatga yaqinligini ajrata olmayman. Davomi bor...
Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 1475 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
23.10.2011 (22:11) #3
хаммасини биратула куйса булмайдимиииии????? wink wink wink wink
Кутамииииииз !!!! biggrin
23.10.2011 (19:50) #2
kutamiza!
23.10.2011 (13:28) #1
biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]