Главная » 2011 » Октябрь » 20 » " Seni uchratganimda " yohud unutishga o´rgat meni..
22:51
" Seni uchratganimda " yohud unutishga o´rgat meni..
"Seni uchratkanimda"yohud unutishga o'rgat meni


Seni ilk bor uchratganimda qalbimda ilgari his etmagan tuyg'ularni tuydim. O'zgacha edi hammasi. Ilk bor hiyobonda muzqaymoq yeganimizni eslaysanmi? Ikkalamiz ham bir xil muzqaymoqni yoqtirar ekanmiz. "Tarnado". Muzqaymoqni yemoqchi bo'lib, qoshiqchaga olishing bilan bir bo'lagi yerga uchib tushgandi. Ehtiyotsizlik qilganing sabab o'ta hijolat chekding, buni sezdim. Atrofdagilar esa kuldi ustingdan. Tasodifni qaraki mening ham bir bo'lak muzqaymog'im yerga tushdi. Sen tushirib yuborgan muzqaymoqning yoniga. Ular birga qolishdi, erib ketishdi birgalikda. Biz esa...O'shanda ko'zlarimiz ilk bor to'qnashdi. Bu bizning ayriliqqa qo'ygan ilk qadamlarimiz edi. Biz ayriliqqa mahkum eding boshidayoq. Faqat buni sezmasdik xolos... Ilk bor qo'ng'iroq qilganingda qo'pollik bilan javob qaytardim. "Tinch qo'ying!" deya do'q qildim hattoki. Qabimda esa muhabbat jo'sh urardi. Ammo sezdirgim kelmas edi aslo. Sezdirmadim ham. -Alo. -Salom, bu yana men! -Hm, ko'rib turibman.. -Ko'rmayapsiz, eshityapsiz. -Nima farqi bor? -Farqi borda. -Yaxshi, nima gapingiz bor edi? -Siz menga yoqib qoldingiz, keling, bir doston bo'laylik. -Hech qachon...-tut - tut - tut...davomli qisqa gudoklar. Shundan so'ng SMS yozding. "Niyatim jiddiy, sizda nimadur bor, doim o'zingizga tortaveradigan. Tan olaman, ko'p qizlarni aldab sevaman deganman, ammo ishoning bu safar niyatim jiddiy!" Men esa javob yozdim: "Nima, kecha tanib olib, bugun sevaman deyapsizmi? Buni umid ham qilmang, men har qanday insonga ishonavermayman!" Shu SMSdan so'ng meni bezovta qilmading. Kollejni yonida ko'rdim seni oradan oylar o'tib. 25 - fevral, 2010 yil edi. Uyga qaytayotganimda ortimdan gap otding: -Yaxshi qiz, sochingiz zanglab ketibdimi? -(sochimni sariq rangga bo'yagan edim) quvnoq ohangda so'rading. -Ha endi sizni o'ylayverib shunaqa bo'lib qoldida. -tilimdan qanday uchib chiqqanini bilmadim bu so'zlarni. Sho'ng sen lol qotding turgan joyingda. Chunki, mendan bunaqa hazilni kutmagan eding. Hattoki tushingga ham kirmagandi qo'pol qizning bu so'zlari. Manzilimga yetgach, hanuz ortimdan kelayotganingni sezib, ortimga o'girildim. "Yaxshi boring!" deya takror va takror aytdim. Ammo e'tibor ham bermading. Uyga borgach chiday olmay qo'ng'iroq qildim. Alamim kelardi. Befarqligingdan g'azablanardim. -Allooo, telefonimning ekranlari aldamayaptimi? -Men qayerdan bilay? Na muncha, 8 marta yaxshi boring desam ham bir marta javob qaytarmaysiz? -Shunchaki mening xolatimni sizga ma'lum qilmoqchi edim. -Nimaaa? Tushunmadim. -Eee, bo'pti. Kechga telefon qilaman xop. -yana quvnoq javob berding. Nima demoqchi bo'lganingni tushuna olmadim. Endi tushundim seni. Sen mening befarqligim va qo'rsligimdan qanchalik aziyat chekganingni ko'rsatmoqchi bo'lgansan o'shanda. Mening esa ko'zlarim ko'r va quloqlarim kar bo'lgan ekan, kechir qalb kechinmalaringni his etmaganim uchun. Kechir meni muhabbatim. O'sha kuni ont ichdim, qo'ng'iroq qilsa ko'tarsam, "eshak bo'layin" deb. Ammo qo'ng'iroq qilishingni intiqlik bilan kutardim. O'zimni chalg'iztish uchun tikuv mashenkasini ovozini balandlatib, keraksiz narsalarni tika boshladim. Soat 20:30 da uxlaydigan odam 23:00 bo'lganda ham bedor edim. Sen qo'ng'iroq qilishing bilan tikishdan to'xtadim. Qanday qilib javob berganimni bilmay qoldim. Rost sezmadim. -Eshitaman! -Bilaman, mendan boshqa kimni ham eshitardingiz. -Hm, menda gapingiz bormi? -Yo'q, sizni gapingiz bor ko'rinadi, 23:00 bo'lsa ham qo'ng'irog'imni kutibsiz. -Hechamda, nega kutar ekanman. -Qo'ying, qaysarlik qilmang! Men boshida ham aytganman, niyatim jiddiy. Keling, bir doston bo'laylik. -Qanaqa? -hayajonimni yashira olmadim. -Masalan Romeo va Julyetta. Ishoning, hech kimga aytmaymiz. Sir bo'ladi. Uchrashaylik deb ko'p ham bezovta qilavermayman. Kollejingiz yoniga ham boravermayman. Har zamonda bir qo'ng'iroq qilaman, SMS ham juda kam yozaman. Vada beraman. Bir oz jimlik bo'lgach, yana gapira ketdingiz, ovozingiz esa juda yoqimli edi. -Men asalim, jonim degan so'zlarni aytsam xafa bo'lmang. Faqat yaxshi ko'rganim uchun aytaman bu so'zlarni. -Oxxoo, shoshilmang yaxshi yigit. Hali men rozi bo'lmadimku. -Iltimos, yetar endi shuncha kutdirganingiz. Axir bir yil bo'libdi. Men vada beraman, sizni doim baxtli qilaman, ishoning menga. -Hech kim bilmaydimi? -Vada. -Xop. -Meni sevasizmi? -E, o'zingizdan ketmang ko'p. -Bo'ldi, malikam. -Menga "narmalni" gapiring. Jonim, asalimga ham tobim yo'q! -Xo'p bo'ladi "GULIM". -Aytmang dedim... -Xo'p, farishtam. -Ufff!!! -Yaxshi dam ol! -Nima? Darrov senlab boshladingizmi? -Ha, meni sevgilimsanku. -Mayli, xayrli tun! Men so'zlarngizga ishondim. Ko'p bezovta qilmaysiz deb o'ylagandim, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Hammasi tongdagi qo'ng'iroqdan boshlandi... Davomi Bor!
Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 938 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
22.10.2011 (23:14) #3
biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin davomini kutamiz!!!
atirgul
21.10.2011 (11:09) #2
вой бунча узун
21.10.2011 (09:19) #1
Davomini tezroooooooq !!!!!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]