Главная » 2011 » Ноябрь » 18 » QoR kabi erib ketgan QaLBiM quvonchi
21:49
QoR kabi erib ketgan QaLBiM quvonchi
 

QoR kabi erib ketgan QaLBiM quvonchi


Siz bilan ilk marotaba uchrashgan kunim - jonimga qast qilish rejani tuzib ketayotgandim. Oppoq qor yog'ayotgandi. Oppoq va beg'ubor qor. Ammo o'sha damda xuddi hozirgidek u qor bemano va qiziqarsiz edi. Ha, juda juda qiziqarsiz... 
Katta transport yo'liga chiqvolib, ko'zlarimni chirt yumgancha o'limimni kutib turardim. Ammo siz kelib yo'l chetiga tortib oldingiz va men qo'rqib ketganimdan sizni quchoqlab olgandim. Men o'ylagandimki, mashina meni uchirib yubordi deb. Ammo men o'lib domiga emas, mazmunli hayot bag'riga tushib qolgandim o'shanda.Qancha vaqt shunaqa turdik bilmadimu, ammo uzoq vaqt bag'ringizda yig'laganimni aniq eslayman. Achchiq qismatimdan kuyib yig'layotgandim. Mendan ko'ra baxtsizroq inson yo'q edi go'yo. Dardimni hech kim eshitmasdi. Hatto dugonalarim ham meni yangalarim aytgandek "pesi" bor deb o'ylardi va mendan o'zlarini olib qochardi. Kimgadur dardimni to'kib - sochgim kelardi. Ammo tinglaguvchi bironta ham zog' ko'rinmasdi. Yangalarim yuqumli kasali bor deya, menga dashnom toshlarini uloqtirishardi. Ammo nega? Sog'lom odamni bu qadar kamsitish nechog'lik to'g'ri? Insonlar uchun men yuqumli kasali bor nimjongina Bonu edim. Siz meni bekat tomon boshladingiz. Skamekaga o'tirgach, peshonamdagi qator - qator terni ro'molchangiz bilan artib qo'ydingiz. O'zimga kelib olgunimga qadar hech so'z demadingiz. Men esa yog'ayotgan qorni kuzatarkanman, yurakdan ezilib yig'lardim. Shishgan ko'zlarimni sovuqda muzdek bo'lib qolgan qo'llarim bilan artar ekanman, ming hijolat bilan o'rnimdan turdim. Ketishga chog'langandim, "Boshqa bunaqa qilmang!" dedingiz. Men esa "Xo'p" degandek ko'zlarimni yumib, boshimni sekingina qimirlatdim. 
-Aqlingiz joyidaga o'xshaydi, ko'chada qolib ketgan qizga ham o'xshamaysiz. Joningizdan bu qadar to'yishingizga sabab nima? 
-Yo'q, hech... hech narsa! Kechirasiz... 
-Inson zoti shunaqa, Olloh umr berganda uni barbot qilishga oshiqadi. Ammo omonatin so'rab turganda esa, yashagisi kelaveradi. Sizni ham yashagingiz kelyaptiku, Yoki mana shu qor kabi tiniq va go'zal orzularingiz yo'qmi? Nega ko'nglingizga qarshi chiqyapsiz. 
So'zlaringizni eshitgach, meni tinglovchi insonni topganimga amin bo'ldim va sekingina o'z o'rnimga o'tirdim. Yana kapalak misol o'ynoqlab, yer uzra qo'nim topayotgan qor parchalariga tikilgancha gap boshladim: 
-Siz haqsiz! Orzularim juda juda ko'p va hattoki sanoqsiz. Bilmadim ularni orzu deb bo'larmikin, men ularni ko'proq xom xayolga o'xshataman. Chunki chor atrofimni cheksiz bir baxtsizlik qamrab olgandek tuyulaveradi. Hech kim meni tushunmaydi. Yaqin insonim ham yo'q! -deya siniq ohangda qalb og'riqlarimni sizga oshkor eta boshladim. -Ota - onam 8 yoshimda vafot etgan. Ikkita akam bor. Ikkita yangam ham bor. Yangamlar meni juda yomon ko'rishadi. "Darmayit" ekanman. Lekin bu so'zni ma'nosini tushunmayman. Menimcha bu juda yomon so'z bo'lsa kerak. Chunki bu so'zni menga yangalarim aytayotganda ularni yuzlari juda hunuk tus oladi. Xuddi hozir tashlanishga shay turgan qopag'on itni eslatadi. Men esa hech so'z demayman. Nimadur desam, akamlarga ikki hissa yomonroq qilib aytishadi. Akamlar ham menga ishonmaydi, xotinlariga ishonishadi. Nahot hozir zamonamizda aka - singilchilik rishtalari shu qadar murtlashib ketgan bo'lsa? Shuncha ozorlar yetmagandek, meni "Tanasida oqlar bor" deya mahallaga ko'z - ko'z qilishdi. Shundan so'ng hamma meni qo'li bilan ko'rsatadigan bo'ldi. Dugonalarim meni ko'rsa ortlariga qaytib ketishadi. Oxx, buni nechog'lik og'irligini bilsangiz edi. Yuragim chok - chokidan so'kilib ketadi. Hozir chinakamiga "maxovi" bor qizdekman. Ba'zida o'zimga ishonmay, tanamni ko'zdan kechiraman, ammo bironta ham oq dog'larni topa olmayman. Bu so'zlarni aytish balki o'rinli emasdir, ammo kimgadur dardimni aytishim kerakku. Men ham insonman, insondek yashagim keladi. 
-Meni ham juda yashagim keladi. Mayli, qiynalsam ham. Atigi 1 yil yashasam ham mayli, ulgurmaganlarimga ulgurarmidim... 
So'zlaringizdan hayratda qoldim. O'shanda ilk bor yuzingizga boqdim, jur'at etib. Qop - qora, chiroyli qoshlar va sehrli, biroq mungli ko'zlar... 
-Nega o'limi yaqin insondek gapiryapsiz? -shunday deyishim hamonoq qo'limga bir qog'ozni tutqazdingiz. O'qib ko'rsam... O'qisam... Oxxx, buni o'qigan ko'zlarim beixtiyor xiralaha boshladi. Ko'zlarimni katta - katta ochib, shifokor tashhisini qaytadan o'qidim. Oqqon... 
-Atigi bir oy umrim qoldi. Bahor keladi, men ketaman... Bahor chechaklarini ko'rish nasib etarmikan? Yoki... 
-Bas! -deya o'zim bilmagan holda baqirib yubordim. Lekin nega? Nega bir begona yigit uchun bu qadar qayg'uryotganimni tushunmasdim. Hayotga nisbatan nafrat tuyg'usi yuragimga og'riq berardi. Kimdur men uchun zarur bo'lgan narsamni tortib olayotgandek edi. Xuddi yosh bolakayni o'yinchog'ini tortib olishsa harhasha qilganidek, men ham xumorimdan chiqguncha kimdandur alamimni olgim kelardi. Lekin kimdan? Taqdirdanmi? 
-Hayotda nimagadur erishsam, doim mendan yuz o'giradi. Balki men sizga hech kimdurman. Ammo siz men uchun qaysidur manoda do'st, sirosh, yaqin bir dildosh! O'tinaman, siz ham ketib qolmang! 
-Sizni yo'lda ko'rib qolgach, eski qadrdonimni ko'rgandek suyundim. Bilmadim nega. So'ng ortingizdan kuzatib kela boshladim. Anchagacha kuzatib keldim. So'ng birdan hayolimga bir so'z urildi "Senda qadrdon nima qilsin? Yetimxonada bir chimdir mehr qumsab ulg'aygan yetim bo'lsang" degan fikr urildi. Endi ortimga qaytmoqchi edim hamki yo'l o'rtasida turib olganingizni ko'rib qo'rqib ketdim.
MEN HAM QAYSIDUR MANODA SIZNI YO'QOTIB QO'YISHDAN QO'RQDIM. 
O'shanda bildimki, bolalar uyida ulg'aygan, mendan farqi bo'lmagan, mehrga tashna insonligingizni. Yana uzoq vaqt suhbatlashdik. Quyosh osmonni tark eta boshlagach, uyimga otlandim. Siz esa meni kuzatib qo'ydingiz. Bu hol 21 kun davom etdi. O'sha bekatda uzundan uzun suhbatlar qurardik. Ochiq aytmasangizda so'zlaringizdan davolanish uchun pulingiz yo'qligini sezardim. Juda yordam bergim kelardi sizga. Ammo naqadar ojizligim faqatgina o'zimga ayon edi. Men sizga tobora bog'lanib qolayotgandim. Har tong sizni ko'rish umidi ila uyg'onardim. Men hech qachon bu qadar hayotni shirin va mazmunli ekanligini his etmagandim. Sizni sog'ayib ketishingizga juda ishonardim. Ollohdan mujiza kutib yashardim. 22-kun onajonimdan yodgarlik va estalik bo'lib qolgan zirak va uzukni sotib, yana o'sha qadrdon bekatga bordim. Meni har doim siz kutardingiz. Bu gal sizni men kutdim. Uzoq kutdim. O'sha kuni quyosh charaqlab nur sochardi. Qorlar esa erib ketardi. Xuddi mening qalbim egasi kabi. Ha, sizni tungi 22 ga qadar kutdim. Sovuqdan dir - dir titrardim. Shu dam yonimga bekatning orqa tomonidagi do'konning sotuvchisi kelib o'tirdi va bir maktub tutqazdi. Maktubda qanaqadir iliqlik bor edi, sizni eslatuvchi iforlar ham taralib turardi. 
-Bu nima? -deya savol berdim sotuvchiga. 
-Bu - Shoxruhni senga yozgan xati. 
-Kim u Shoxruh? 
-Siz bilan har kuni shu yerda o'tirib, suhbatlashuvchi yigit. U ham ismingizni bilmas ekan. Tavba... Ha mayli, uyingizga bora qoling, bezorilar ko'paymasidan. 
Men xatni maxkam tutgancha uyga yugurdim. Darvozani akam ochdi, sovuqda ko'karib ketganimni ko'rib, "Qayerda yuribsan allamahalgacha?" deb ham so'ramadi. Indamay xonamga kirib ketdim va xatni o'qiy boshladim. 

"Dilimdagi so'nggi so'zlarim... 
Salom qalbim ardog'i, ko'zim quvonchi. Bugun meni rosa kutgandursiz? Kechiring meni... Yoningizga bora olmayman. Endi u bekatga ortiq bormang, mashina oldiga ham chiqmang! Chunki endi men yo'qman! 
Tanishganimizga 21 kun bo'libdiyu, ismingizni so'ramabman. Haya, meni ismim Shoxruh. 
Bilasizmi? Siz menga hech kimdan topa olmagan, eng qimmatli va topilmas mehrni berdingiz. Sog'ayishimga mendan ham ko'proq ishondingiz. Bu uchun minnatdorman. Men ilk bor sevgi atalmish tuyg'u dengizida suzyapman. Va sizni tashlab ketayotganim uchun oldingidanda ziyodroq azoblanyapman. Rashk olovida to'lg'onyapman! Iboli va joduvash ko'zlaringizga, g'unchadek labingiz, qordek oq va pokiza dilingizga kim ega chiqarkan? 
So'nggi tilagim, farzandli bo'lganingizda ismini Shoxruh deb qo'ying. Toki meni ham kimdur eslasin! Xayr sevarim, Alvido..." 


Siz ismingizni eslab yurishimni emas, aksincha, meni baxtli bo'lishimni istab shunday deganingizni bilardim. Faqat tengingizga turmushga chiqing deya olmagansiz xolos. Ammo qanday qilib o'zgalarga... qanday qilib o'zga bir yorga... 
Yo'q, bunday qila olmayman, ammo tushlarimga kirib, "So'nggi vasiyatimni bajaring" deya iltijo qilasiz. O'g'illik bo'lmasam ham, unga Shuxruh deya ism qo'ymasam ham abadiyga qalbimga muhrlanganingizni nahot bilmaysiz? 
Hayotimda xuddi qordek mehmon bo'ldingiz. Qor kabi tezda erib ketdingiz. Ozgina shoshilmaganingizda bahor chechaklaridan birgalikda guldastalar yasarmidik... Ammo shuni unutmangki, siz meni hayotimda men uchun eng aziz bo'lgan yagona insonsiz, yolg'iz suyganimsiz... 


G'amli boshingizga hasratimni qildingiz sherik, 
Bo'lsada dardu hasratingizgiz Tog'danda yirik! 
Men bor ekanman siz manguga tirik, 
Chunki, muzlagan qalbimning to'rida sizsiz, 
Men uchun bahorsiz, yozsiz va kuzsiz!
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1485 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
атиргул
20.11.2011 (21:25) #1
rosa kop ekan
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]