Главная » 2011 » Октябрь » 24 » "Oltin Gepard" KinoForumidan jonli REPORTAJ
19:55
"Oltin Gepard" KinoForumidan jonli REPORTAJ


Kino forum va haqiqiy  Yulduzlar shousi! "Oltin Gepard" kino forumidan jonli REPORTAJ

 

 

 Dunyoning turli mintaqalaridan san’atning eng maftunkor turlaridan biri bo‘lgan kinematografiya vakillari shu kunlarda "Art Week Style. Uz” san’at haftaligi doirasida poytaxtimizda o‘tkazilayotgan "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumiga tashrif buyurdi. Tadbir "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda "O‘zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida tashkil etildi. Yoshlar ijod saroyida "XXI asr tamaddunlari: madaniyatlar muloqoti” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur kinofrumning tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.

  

Kinoforumning maqsadi nafaqat keng jamoatchilikning milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida turli xalqlar madaniyatini rivojlantirish vositasi hisoblangan kinematografiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, uni bugun jahonda mazkur sohadagi badiiy jarayonlar bilan tanishtirish, balki mustaqil O‘zbekiston kino san’atining ulkan salohiyatini yanada rivojlantirishdan iboratdir.

   

"Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumi ochiq, deb e’lon qilinadi. Kinoforum xitoylik taniqli rejissor Chjan Imouning yangi "Do‘lana soyasida” filmi namoyishi bilan boshlandi.

Forum davomida mutaxassis va tomoshabinlar turli mamlakat va qit’alarning yetakchi kino ustalari, iqtidorli yosh rejissorlarining asarlari bilan tanishadilar. Filmlarning aksariyati tanlovdan tashqari dasturlardan o‘rin olgan. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi, O‘zbekiston davlat san’at instituti va "Premier-Hall” kinoteatrida Germaniya hamda Fransiyaning zamonaviy animatsion filmlari, "Tasvirda muhrlangan vaqt” hujjatli filmlar dasturi, "Non stop” eng yaxshi qisqa metrajli filmlar dasturi namoyish etiladi. Tashkil etilgan har kungi kinopanoramadan "O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan zamonaviy filmlar joy olgan. Forum kunlari, shuningdek, mamlakatimizning nodavlat studiyalarida suratga olingan filmlarning "Tomoshabinlar bilan tengma-teng” mini-festivali o‘tkaziladi. Taniqli xorijiy va mamlakatimiz kino san’ati ustalari ishtirokida uchrashuvlar, mahorat saboqlari o‘tkaziladi. Muxtasar aytganda, kinoforumda zamonaviy jahon kinematografiyasining ko‘plab yangiliklari namoyish etiladi.

Yuksak saviyada tashkil etilgan "Oltin gepard” birinchi Toshkent xalqaro kinoforumining o‘tkazilishi Prezidentimiz Islom Karimovning barcha jabhalar, shu jumladan, madaniyat sohasida tub demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosati nechog‘li chuqur hamda puxta o‘ylangani va o‘z samaralarini berayotganining yorqin dalilidir. 

http://files.servers.uznet.biz/medium/001/89844a74-3527-4037-be90-7f72a84692a6.jpg

Категория: Новости | Просмотров: 1183 | Добавил: ADMIN | Теги: Oltin Gepard KinoForumidan jonli RE | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]