19:56 O'zlikka qaytish | |
O'zlikka qaytish {O'zlikka qaytish}
Men o’zi kim edim, shohmi yo gado, Yashagan hayotim o’zimnikimi? Meni ne ajr-la yaratdi Xudo, Barcha ko’rganim shu ko’zimnikimi? Yashadim, kimdan kam, kimdan ziyoda, Ba’zan haq talashdim, ba’zida qadr. Hayot yo’llarimni kezib piyoda, Topa oldimmikan mustahkam sabr. Olamda baxt izlab chopdim beto’xtov, Qayrilib boqmadim ortdagi izga. Kimlar uchun yoqdim qalbimda olov, Tanamda yashagan menmi, yo o’zga?! O’zimni qidirdim ming-ming ko’zlardan, Rost-yolg’on so’zlardan topmoq istadim. Umrimda besamar o’tgan kezlardan, Ruhimga bir taskin topmoq istadim. Angladim, men beiz yashadim faqat, Bugun asliyatga keltirdim iymon. Ong ato qilingan yagona xilqat, Robbim zikri uchun yaralgan Inson...
| |
|
Всего комментариев: 0 | |