Главная » 2012 » Февраль » 10 » O'zgani sevolmayman
00:01
O'zgani sevolmayman

Yana seni eslab yig’laydi ko’ngil, 
Yig’laydi yurakning tubida armon. 
Seni qo’msab ado bo’ldim, ishongin, 
Abadiy ayrilmoq, oh, yomon, ishon! 
Seni sevaman deb aytmagandim hech, 
Qalbimda yashardi cheksiz muhabbat. 
Uni izhor qilmoq, afsus, endi kech, 
O’ksib-o’ksib yig’lar, essiz, muhabbat. 
Ketolmaydi sira ko’zim o’ngidan, 
Beg’ubor ko’zlaring, sanam qomating. 
Ishonmayman aslo, ishonolmayman, 
Nahotki bo’lyapti to’ying nikohing… 
O’zgalardek yonib-kuydim, demadim, 
Vaqti kelar deya  sabr etgandim. 
Yaratgandan menga ato etgani 
Shu bo’ldi – men oshiqning kuni bitgani. 
Abadiy yurakda yashaysan o’zing, 
Olovli yoshlikdan hotira bo’lib. 
Mangu seni eslab she`rlar bitaman, 
Qalbi yaralangan Mirzoying bo’lib. 
Endi qaytmas aslo qalbimga bahor, 
Qaytmas endi dilga shu aziz tuyg’u. 
Muhabbatimni ham ko’mdim tuproqqa, 
Endi sevolmayman o’zgani mangu…

Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 755 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]