Главная » 2011 » Октябрь » 26 » O‘zbekistonlik hojilar Madinai Munavvarada
18:32
O‘zbekistonlik hojilar Madinai Munavvarada

   2011-yilning 19-oktabridan Saudiya Arabistonining Madina shahriga kelishni boshlagan o‘zbekistonlik ziyoratchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida muqaddas shahar ziyoratini davom ettirmoqdalar.

    Hojilarimiz qulay sharoitlarga ega bo‘lgan "Markaz Toyyiba Sakaniy” mehmonxonasiga joylashtirildi. Ushbu mehmonxona "Masjidi Nabaviya” bilan tutash bo‘lib, ziyoratchilar barcha namozlarni ushbu masjidda o‘qimoqdalar.

    Ziyoratchilar dastlab "Masjidi Nabaviy”da ibodat qilib, Muhammad (s.a.v.)ning qabrlari joylashgan muborak ravzani ziyorat qildilar.  Shundan so‘ng hojilar ulug‘ sahobalar dafn etilgan "Uhud tog‘i”, islom tarixidagi ilk ibodatgoh hisoblanadigan "Qubo” va ikki qiblali "Masjidi qiblatayn” masjidlarini ziyorat qildilar.

    Ishchi guruhi a’zolari va ellikboshilar ziyoratchilarga Haj amallarini to‘la-to‘kis bajarishlari uchun zarur tushunchalarni berib, amaliy ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirmoqdalar.

    Malakali shifokorlar hojilarning sog‘liqlarini doimiy nazoratga olib, zarur profilaktik muolajalarni amalga oshirmoqdalar.

O‘zbekistondan kelgan oshpazlar ziyoratchilarga milliy taomlar tayyorlab, ko‘ngillarini xushnud etmoqdalar.

    Ziyoratchilar muqaddas Haj amallarini bajarish uchun yaratib berilayotgan qulay sharoitlardan mamnun ekanliklarini izhor etib, yurtimiz tinchligi va ravnaqini so‘rab duo qilmoqdalar.

    Madina ziyoratini tugatgan o‘zbekistonlik hojilar haj amallarini bajarish uchun Makkai Mukarramaga jo‘nab ketdilar.


Категория: QAYNOQ YANGILIKLAR | Просмотров: 1494 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]