Главная » 2012 » Март » 21 » O’Z BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT
02:07
O’Z BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT


O’Z BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT

Man sevgan qizimga uylanmaganman sababi onamga uni oilasi yoqmagan, shuning uchun mani o’zlariga yoqqan qizga uylantirganlar. Qarshilik qilmadingmi deyishingiz mumkin. Sevgim uchun kurashdim ham lekin vaziyat shu darajaga bordiki yo onamdan voz kechib sevgilim tanlashim yo bariga qo’l siltab chimildiqqa kirishim kerak edi.

Xo’rlayvermang mening ham uvolim bor
Bir kuni izimni izlab qolasiz
Qadrim o’tganida ey holi abgor
Ortimdan mung’ayib yeg’lab qolasiz

To’y kuni hamma hodon o’ynab kulardi lekin mani yuragimda yonimda o’tirgan kelinga nisbatan Narrat kuchayardi axir mana shu qiz onamga yoqib qolmaganida man sevganimga uylanardim. To’yimda hamma kuyovlar kabi bahtimdan xursand bo’lib o’tirardim. Agar shu qiz bo’lmaganda…
Ichimga butun boshli elektrostansiyani quvvatini bersa ham yonmaydigan chiroqqa o’xshagan qalbim va bugun meni bevafo deb qarg’ayotgan sevgilimni o’ylab To’y otguncha zo’rg’a chidadim.
Hamma kiyovlar chimildiqqa muhabbat bilan kirsa man Chimildiqda mani kutayotgan kelinchak oldiga Nafrat to’la yuragim bilan kirdim. Unga nisbatan qalbimda zarra mehr ham his etmadim. U manga sevgim qotili bo’lib ko’rinardi.
Ilk kechadayoq xotinimga bor xaqiqatni aytim onamni qistovi bilan unga uylanganimni, sevgan qizim borligini va manga umuman yaqinlashmasligini agar manga yoqishga urinadigan biror ish qiladigan bo’lsa javobini berishimni aytim.
Bechora sahargacha tinmay yeg’lab chiqdi. Man tong otishi bilan Chimildiqdan chiqib kettim. O’sha tunda bo’lgan suhbatni u hech kimga aytmadi hatto kelinyanga ham indamagan ekan (buni keyin bildim)
Xullas ikkimis ham taqdirga ko’nib yashay boshladik. Onamni qaringdoshlarni va mahalla kuy oldida er hotin rolini o’ynardigu lekin uy ichkasida begaonalardak yashardik.
Man uni hammasiga chidoyotganiga hayron edim… Hamma ishlarni qilardi bechora/ unga rahmim ham kelardi lekin ko’zlarimga sevgim qotili bo’lib korinardi. Shu taxlit oradan bir yil. U hamon jim indamay taqdira ko’nib yashardi. Men badbaht esa unga nisbatan bir o’giz shirin so’zimni ham aytmasdim

Bir bir hotirlaysiz qizg’anchiq qizni
Va burchakda ye’glab o’tirgan hisni
Sizni qiynamasmu so’ginchning husni
Men ketgandan so’ng meni izlab qo’lasiz

Bir kuni ishim yuzadan shaxar markazidagi bir firmaga boriib ishlarimni bitirib o’rtga qaytayotsam xiyobonda sayr qilayotgan kelin kuyovga ko’zim tushdi. Kelin kimligi aytsam hayron bo’lasiz o’sha man sevib ardoqlagan qiz edi. U shu qadar bahtli ediki buni ko’zlaridan ham sezsa bo’lardi.
Axir oldida yurgan kuyov o’rnida hozir man bo’lishim mumkin ediku… agar uyimdagi man bilan birga yashayotgan xotinim bo’lmaganida shuna o’ylar bilan to’gri Barga bordim alamimdan rosa ichdim…
Yarim kechasi g’irt mas holda uyimga keldim… Hovlida esa onam meni kutib o’tirgan ekanlar. Ularni ko’zlariga qarolmadim…
- Man sani ko’chada ichib yurishin uchun katta qilmaganman bilib qo’y b’la agar yana bir marta shu ho’lda ko’rsam onang yo’q – deb mani koyi boshladilar…
Kayfim borligimi yo sevganimdan ayrilganim yo nafrat sabab bilmadim… Umrda birinchi marta onamga gap qaytardim
- Nima dediz yana ichsan onang yo’q dedizmi ? Mani mana shu keliningizga uylanishga majbur qilgan kunizdan boshlab man uchun zarracha hurmatiz qolmagan. Bugun uni to’yi boldi u shunaqa bahtli edi ko’rib rosa alam qildi, mana buningizdan uni nimasi kam edi boyligi nimasi aytin ?
- Bas qil kelin eshitib qolmasin ?
- U hammasi biladi. Chimildiqqadagi birinchi kirgan kundan beri biladi. Bilsa ham indamay yashayabdi…
Onam chidolmadilar mani oldimga kelib yuzimga tarsaki tortilar.
- Mani urdiza ona mana shu kelinizi deb urdiza ona – Man alamimga chidolmay Xotimni oldiga kirdim. Uni xovliga sudrab obchiqib duch kelgan joyiga ura boshladim
Agar san bo’lmaninda man …….ga uylanardim. Manam bahtli bo’lardim….. onam mani so’kib yuzimga urmasdi… agar san onamga yoqib qolmaninda …
Keyin nima bo’lganini bilmadim. O’zimga kelganimda melitsyaxonada edim.
O’sha kechasi xotimni urayotganimda onamni manga kuchlari yetmapdi. Qo’shnilarni chaqiribdilar. Ular ham zo’rg’a ajratib olishibdi. Xotinim esa Kasalxonaga olib ketishyotganda yo’lda jon beribdi…
Man 10 yil qamaldim…

Sekin pichirlaysiz kechir bechoram
Men noshudni suygan xasta devonam
Ko’rsayding holimni ko’r bir parvonam
Lahzalik diydorni istab qolasiz

Bilasizmi 10 yil ichida umuman boshqa odamga aylandim. " U yog’ ”da juda ko’p narsalarni qadriga yetishga o’rgandim. O’zimni anglab yettim aslida man sevgan qiz man uchun hech kim ekanini Xotinim esa mani asl bahtim bo’laganini tushundim. Biroq endi kech…
Qaniydi xech bo’lmasa bir lahsa yonimda paydo bo’lsa undan kechirim so’ragan bo’lardim...
Xo’rlayvermang titrog’imda tinch yotay
Kelmang titrog’imni sezib qolasiz
Ye’glamang men sizga bashorat aytay
Men ketgandan so’ng meni sevib qolasiz

Qamoqdan qaytganimdan beri Sarvarani Izlab qo’shig’ini kuniga 100 martalab eshitaman. Bu qo’shiqda rahmatli xotinimni dardlari borday tuyuladi menga

Ukam bu xatni vijdon azobida qiynalayotgan, O’Z BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT dan deb qabul qiling….

Hurmatli o’quvchi agar siz ham sevgingizdan voz kechib ota onangizga yoqqan yigit yoki qiz bilan turmush qurgan bo’lsangiz. Iltimos Sevgingizni unitib, yoniggizdagi yoringizga do’stlik va mehr tuyg’ularini hadya eting… Ishonamanki mehr va do’stlik tuyg’ulari ustun bo’lgan oilada sevgi ham tug’iladi...
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 897 | Добавил: rasulzhon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]