19:00 O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" nomli kitobidan parchalar. | |
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" nomli kitobidan parchalar. Eng aqlli jonivor Dunyoda eng aqlli jonivor -baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi! Ayol qalbi Ayol qalbi teskari magnitga o'xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-yaqinlashadi. Haqiqat Shu qadar shirinki, totib ko'rging keladi.Shu qadar achchiqki, tilingni kuydiradi! Hushyor bo'ling Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo'ling.Otashin muhabbat-rashkka, rashk-shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin. Evrilish Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin.Buning ilk belgilari hozirdan ko'rinayapti:..kitob o'qiydiganlar kamayib borayapti. Kamol va zavol Odam o'z farzandlarining yil sayin o'sib, kamol sari ketayotganini biladiyu, o'z ota-onasining yil sayin cho'kib, zavol sari ketayotganini bilmaydi.... Belgi Maqtanchoqlik qarilikning bir belgisidir. Oq va qora (Huquqshunos ukamga tilagim) Qora qog'oz harchand yuvgan bilan oq bo'lmaydi.Oq qog'ozni qora qilish ucun bir chiziq tortish kifoya. Qorani oqlash emas, Oqni qoralamaslik adolatdir! "Otchopar"da "Otchopar" bozorida qadrdon do'stimni uchratib qoldim.Matematik..Olim..Sigaret sotib o'tirgan ekan..Meni ko'rib ko'zlarini yashirdi.Men ham burilib ketdim...Ikkalamiz bir-birimizdan nega uyalganimizni bilmayman. Negadir...yig'lagim keldi.. Sukut-oltin Olimlarning kuzatishicha, er-xotin qancha kam gapirsa, oila shuncha mustahkam bo'larkan. Maqtov Begona ayolni o'zining oldida maqtang. O'z ayolingizni o'zi yo'g'ida maqtang... | |
|
Всего комментариев: 0 | |