22:57 O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin | |
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin
Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar Pok qalbingiz chin ilohi hislar tuysin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin Yod nazardan qochib parda tutib yuzga Ibrat bo’lib behayoyu qora yuzga Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga Sizga zulim istaganlar o’zin tiysin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin Bu ne fayzu karomatki misirlarga boy Misli bulut orasida kulganday oy Oy hayoga burkanibdi oyday chiroy Kiyim kiygan yalong’ochlar rashqa kuysin O’rangan oy yuzingiz Alloh suysin Oriyatli oy yuzlarnni to’sgan parda Bir chiroyda tovlanib ming chiroyda Yomon ko’zdan asrasin Alloh har joyda Betafiqlar mayli nima desa desin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin Fuxofaza etib o’zini yod nazardan Besh maxramni qutqardingiz axlilardan Haq lutfiya sazovarsiz saharlardan Ochiq sochiq yurganlar ham esin yeg’sin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin Dunyo sinov haq yo’lida sobit qoling Hatarlardan eson omon o’tib oling Jannat uzra bunda payondozlar soling Alloh o’zi sizga chin baxtan ato qilsin O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin | |
|
Всего комментариев: 3 | |
Juda ham chiroyli rahmat офарин zo'r!!!! | |