Главная » 2011 » Октябрь » 26 » Nahot sevgi yolg’on bo’lsa hayotda..." Nahot "...
18:37
Nahot sevgi yolg’on bo’lsa hayotda..." Nahot "...



Bizni ayrdilar baxtimiz quvib,

Endi bo’larmikan ayblarin yuvib,

Tanamda qoldiku qonim ham sovib,

Nahot sevgi yolg’on bo’lsa hayotda.

 

Nega bu kattalar tushunmas bizni,

Axir sevar edik bir-birimizni,

Olovga otishdi gul ko’nglimizni,

Nahot yuragimiz qolsa faryodda.

 

Seni uzatishga buncha shoshishdi,

Bizning chin sevgini pulga sotishdi,

Seni uzatishdi boyib ketishdi,

Nahot chin sevgini sotsa boylikka.

 

Ular uchun boylik ustun farzanddan,

Chin muhabbatimizni olishmaydi tan,

Ota gapirganda ho’p degin derkan,

Nahot o’z farzandin qo’ysa xorlikka.

 

Sevgi o’tkinchidir, topgan gaplari,

Naxot sevmaganlar oldin o’zlari,

Faqat boyliklarni ko’rar ko’zlari,

Nahot muhabbatni xo’rlasa shuncha.

 

Menda bor edi-ku sof tuyg’ularim,

Sen bilan yo’qoldi sho’x kulgularim,

O’tar endi doim bedor tunlarim,

Nahot yetolmasman senga o’lguncha.

 

Qachon bu zorliklar tamom bo’larkin,

Sevishganlar baxtli hayot qurarkin,

Layli va Majnunlar xursand kularkin,

Nahot bu orzular armonga to’lsa.

 

Niyatim sevgini xor aylamang siz,

Mana baxtsiz bo’ldik bizlar ikkimiz,

Kimki sevar ekan yigit yoki qiz,

Bir-birin visolin armonsiz ko’rsa.

Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 1326 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 7
01.11.2011 (13:31) #7
men tetolmadim sevganimga bevafo dunyo ekan sher yaxshi ekan sevgini ishitsam siqilib ketyabman
atirgul
26.10.2011 (20:39) #6
шеьр зур чикибди коил
atirgul
26.10.2011 (20:37) #5
etganiz kelsin shaha
26.10.2011 (20:15) #4
Хамма севишганлар бир-бирларини висолига етсин, Амиииин!!!!
26.10.2011 (20:12) #3
love
26.10.2011 (19:10) #2
Xor qilmang sevgi degan tuyg'uni
Shu tuyg'u yengar azob va qayg'uni


Boja qalamidan :)
26.10.2011 (18:38) #1
heart heart heart heart heart heart heart
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]