Главная » 2012 » Март » 26 » "NAFS" Filmiga treyler
20:34
"NAFS" Filmiga treyler
 



2011 yil 26 oktyabr kuni Toshkentdagi «Alisher Navoiy” san‘at saroyida tantanali ravishda o‘tkazilgan taqdimot marosimidan bir kun o‘tib, «Nafs” filmining kinoteatrlarda namoyish etilishi man qilindi.
Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, 2011 yil 27 oktyabr kuni Toshkent ko‘chalaridagi «Nafs” filmi reklamasi aks etgan bannerlar ham olib tashlangan.




Ana shundan keyin Milliy teatrda «Din va San‘at» mavzuida yopiq yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda qatnashganlardan birining aytishiga ko‘ra, majlisda kino va boshqa san‘at vakillarining turli diniy oqimlarga kirib ketishiga chek qo‘yish tadbirlari haqida gapirilgan.
Ayni paytda taniqli aktyor Farrux Soipov rejissyorligida suratga olingan ushbu filmga qo‘yilgan taqiq bilan bu yig‘ilish o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi noaniq.
Taqiqlangani aytilayotgan «Nafs” filmida o‘zbek shou biznesidagi salbiy holatlar aks etgan. Filmda shayton vasvasasining inson ongiga zararli taraflarini kulgi vositasida yoritish maqsadi qo‘yilganligi aytiladi.
Bugungi o‘zbek kinosining taniqli aktyorlaridan biri Farrux Soipov joriy oyning boshida bir hafta davomida hibsda saqlanib, 8 oktyabr kuni qo‘yib yuborilgan edi.
Farrux Soipovga yaqin manbaning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, aktyor Gulnora Karimovaning sevimli aktyorlaridan biridir. Yaqinda Farrux ichish va chekishni tashlab, namoz o‘qishni boshlagan. Manbaga ko‘ra, Farrux Soipov diniy ekstremizmda gumon qilinib, hibsga olingan edi.
Asli kasbi huquqshunos bo‘lgan Farrux Soipov 2003 yildan boshlab kino olamiga kirib keldi va tez orada taniqli aktyorlar qatoridan o‘rin egalladi.


Категория: Har-Xil | Просмотров: 765 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]