Главная » 2012 » Январь » 20 » Kechagi yoshligim ertakmi endi?
12:34
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
 






Ko'ngil mayus tortdi yilning so'ngida,Bilmam, nimang bilan sexrlading, qor.Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida,Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor.Qirqinchi qasrimga o'taymi endi,Kechagi yoshligim ertakmi endi? . . Bahorim yetgudek qo'lim uzatsam,Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.Laylakqor, azizim, g'alati bayram bu -Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam. . . Dardim jim ichimga yutaymi endi,Kechagi yoshligim ertakmi endi?So'rsang, sevinchimdan o'tinchim ko'proq,Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,Ko'zda tabassum-u kiprikda titroq.Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,Kechagi yoshligim ertakmi endi?Yangi Yil,Kelaver qanday kelsang ham,Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.Qulog'ingga bir gap aytaymi, endi,Kechagi yoshligim ertakmi, endi. . . Muhammad Yusuf sheri
Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 2488 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
03.03.2012 (03:49) #1
Yana yoshlik onlariga qaytish uchun butun kelajagimni berardim
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]