Главная » 2011 » Октябрь » 24 » Iltimoslarga binoan " Seni Uchratganimda... Ketsang - unutishga o'rgatib ket!!!
17:33
Iltimoslarga binoan " Seni Uchratganimda... Ketsang - unutishga o'rgatib ket!!!
Kollejga ketayotgandim. Yo'limda paydo bo'ldingiz? Lekin nega? Nega keldingiz yana? Axir hammasini bir og'iz "Vada bera olmayman" dega gapingiz bilan tugatgan edingizku. Bu yana nimasi? Hech so'z demadim. Yo'limda davom etaverdim. -Iltimos, to'xtagin! -Nima? Yana nima demoqchisiz? Yo'lingizdan qolmang! Hamma yigit bir go'rsizlar. Avvaliga sevaman deb, qop-qop vadalarni bergach, sekingina ortga chekinasiz. Ko'rishni istameyman sizni. Yo'qoling! Chindan ham sizni ko'rgani ko'zim yo'q edi. Nafratlana boshlagandim. Ilgarilari ko'zimga bir nurdek ko'rinar edingiz, o'shanda esa qanaqadur maxluqqa o'xshab ko'rinding ko'zimga. Hozir ham eslasam, sendan nafratlanib ketyapman. Hech qanaqa hijolatsiz menga: -Men seni sinamoqchi edimku, sen meni noto'g'ri tushunding gulim! -Sizni juda to'g'ri tushundim, meni gulim demang! Qayerdagi gapida tura olmaydiganlarni ko'rgani ko'zim yo'q, keting! -Men boshqacha gapingni kutgandim kecha. Sen esa o'chirib tashlading. "Men sizni 10 yil, hattoki bir umr ham kutaman. Sizdan boshqasi kerak emas" deyishingni kutgandim. -dedingiz. Men axmoq shu gapingizga ishondim. Oldindan xulosa chiqarmayin. Balki o'shanda chindan sinamoqchi bo'lgandursiz. Ammo munosabatim avvalgidek samimiy emasdi sizga. Chunki, sizga bo'lgan cheksiz ishonchimni yo'qotgan edingiz. Qo'ng'iroqlaringizga javob bergim kelmasdi. SMS laringizga ham javob yozmasdim. Kollejda bo'lsam, uydaman derdim, uyda bo'lsam, kollejdaman derdim. Sizni avvalgidek sevmay qo'ygandim. Siz o'z hurmatingizni yo'qotgandingiz. Shu tariqa kunlarimiz o'tardi. Yangi soat taqib kedingiz bir kun. "Buncha chiroyli" dedim. Chindan ham menga yoqgandi. Siz esa qo'limga taqib qo'ydingiz. Yonimdagi dugonam "Soat ayriliq, taqmang qo'liga! Bu sinalgan irim" deyishiga ham qaramadingiz. "Biz farishtam bilan hech qachon ayrilmaymiz. Biz albatta baxtli bo'lamiz. Bizni hech kim ajrata olmaydi. Muhabbatimiz uchun so'nngi nafasimgacha kurashaman" degan edingiz. Balki, o'shanda mendan tezroq qutilish uchun bu irimga qarshi ish qilgandirsiz, balki chindan ham kurashishga kuchimiz yetadi deb o'ylagandirsiz. Bu sizga va Ollohimga ayon. Biz yana yarashib oldik, hammasi joyida edi. Bir kuni tunda SMS xabar yozdingiz: "Farishtam, ertaga senga bir sovg'a beraman, agar olmasang va taqib yurmasang qattiq xafa bo'laman!" Ertasi kuni uzuk tutdingiz men tomon, qo'limga taqmoqchi bo'ldingiz. Men esa qo'limni tortib oldim. Uzuk shunchaki taqilmaydi, bu bir umrlik yo'ldoshlikka tanladi demakdir. -Yo'q, buni olomayman! -Nega? Axir sen uchun sotib oldim. -Mayli, qaytarib bera qoling! Lekin men buni ololmayman. Siz jaxl ila uzukni uzoqga uloqtirmoqchi edingiz, qo'lingizdan tutib qoldim. Xullas uzukni ham oldim. Siz esa ranjdingiz: -Ex, o'zim qo'lingga taqib qo'ymoqchi edim. Ertasi kuni taqib qo'ydingiz ham. Yana hammasi o'z iziga tusha boshladi. Ammo hayot doim birdek kechmas ekan afsus... Oradan 1 hafta o'tgach begona raqamdan SMS xabar keldi. "Yigitlarni ilintirishga ja usta ekansan!" Men hayratda qotdim. Avvaliga adashib yozgandur deb o'yladim. Ammo ikkinchi SMSdan keyin bu aynan menga atalganiga ishonch hosil qildim. "Men seni o'zimga yaqin olib aytyapman, unda sendan ham boshqa qizlar bor! Muhabbatim Dengizdan ham katta desa ishonaverma! U bir senga aytmaydi bu so'zlarini." Qiziq, bu kim bo'ldi. Yaqin dugonamga ham qo'ng'iroq qilibdi. Ammasining qizi emish. Biz uni boshqa bir qizga unashtirmoqchimiz. Uni tinch qo'ysin, debdi. O'sha qiz bilan uchrashdim ham. Chindan ham ammasining qizi ekan. Oyisi ham qarshi ekan. Lekin nega? Nima sabab bunga? Savollar ko'p, ammo javob yo'q. -Kelinoyim aytdi, tinch qo'ysang qo'yding, yo'qsa uyingga ota - onangni yoniga borar ekan. -Shunaqasi ham bo'lar ekanda-a? Ko'nglingizni keng qiling barchangiz, men siz o'ylagandaqa qiz emasman. Meni xoxlamaganlardan ancha yiroqda yuraman, o'zim qiynalsam ham. -Tushungan qiz ekansan, bizdan xafa bo'lma! -Yo'q, bir kun kelib albatta raxmat aytaman, chunki jiyaningizdan ancha yaxshirog'ini uchratishimga ishonaman. -Unda omad! -Xayr! Suhbatimiz qisqa bo'ldi. O'zini osmonda yurgandek tutardi u. Uyga kelib hungrab yig'lab yubordim. Kim o'zi ular, nega meni bu qadar yerga urishyapti? Nimasiga katta ketishadi. Mashinasigami? Bizda ham borku mashina. Yoki uyidagi mayda chuydalarigami? Ota - onam halol mehnat qilib, ularnikidanda ziyod yig'ishgan. Ammo nega o'zlarini bu qadar xudbinlarcha tutishyapti. Yoki o'g'li borlar avliyomi? Meni ota - onamni ham o'g'illari bor, ammo birovlarga unaqa do'q qilishmaydi. Barchamiz Olloh bandalari ekanimizni nahot unutishdi. Tonggacha ko'zimga uyqu ilinmadi. Yig'layverib ko'zlarim shishib ketdi. Tongda telefonimni yoqsam, siz qo'ng'iroq qilibsiz. SMS yozibsiz. Lekin bu ishlaringiz endi befoyda. Kechira olmayman qarindoshlaringizni bu qilmishlarini. Shu zahoti SIMkartamni sindirib, bo'laklarga bo'lib tashladim. Kollejga bordim. Yana sizni uchratdim. Ortimga qayrilib ketayotsam yugurib kelib to'xtatdingiz. -Qo'yvoring qo'limni! Nima haqqingiz bor? -Seni nima haqqing bor? Nima haqqing bor yuragim bilan o'ynashishga? Uzur so'radimku, aytdimku sinamoqchi edim deb. Shunga shunchami? Sevgingga shubha qilganim uchun shunaqa qildim. O'zing bir o'yla, bir marotaba bo'lsa ham "Sevaman" deganmisan? Yo'q, aytmagansan. -so'zlaringizda dard bor edi. Yugurganingizdan pechonangizda ter paydo bo'lgandi. Yig'lamoqdan beri bo'lib gapirdingiz. Tunda siz ham uxlolmaganingiz yaqqol sezilib turardi. -Ha, aytmaganman! Chunki, sizni sevmayman. Shunchaki zerikmaslik uchun shunaqa qildim. Endi yo'lingizdan qolmang! -onangizning ishlaridan xabaringiz yo'qligini sezgach, oralaringizga sovuqchilk tushmasin deb, hech so'z demadim. Axir u ona, farzandiga faqat yaxshilk ilinadi. Balki, men sizni chindan ham baxtli qila olmasman. Bu faqat Ollohga ayon. Ularga qarshiligim qayoqgacha ham borardi. Osongina taslim bo'la qoldim. Siz esa menga angraygancha qarab qoldingiz. Ishonolmasdingiz. -Men sizni emas, boshqani sevaman. Buni kech tushundim, xayr! -Men seni sevaman, hech qachon chekinmayman. Sendan kecholmayman. O'lib qolamanku axir. Ketma! O'tinaman ketma! -Mensiz avval ham yashagansiz, keyin ham yashaysiz! Siz unutishda mendan ko'ra ancha tajribaliroqsiz-ku. Qanchasini unutdingiz, meni ham unutasiz! -shunday deya qo'limdagi uzukni oldingizga tashladim. Siz tiz cho'kkancha qolaverdingiz. Men esa ketdim. Tunlari yig'lab chiqardim. Sizni qumsardim. Yangi raqamimga SMS yozardingiz, yolvorardingiz. "Suymaganga suykalmang" degan javobimdan so'ng ortiq bezovta qilmadingiz. May oyining ilk sanalarida qo'ng'iroq qildingiz. -Labbay. -Bir iltimosim bor, bu eng so'nggisi bo'lar balki. -Eshitaman! -Nilufarni tug'ilgan kuniga meni ham taklif qildi. U yerga hamma tanish o'rtoqlarim boradi. Iltimos, ikki soatga sevishganlar rolini o'ynab bergin. -Bu nimaga kerak? -Iltimos! -Faqat ikki soatgagina roziman. -Yaxshi, unda o'sha kuni birgalikda sovg'a tanlaymiz. -Yaxshi! -Ko'rishguncha gulim...-jismu jonim larzaga keldi so'zlaringizdan. Yuragim yana zavqga to'la boshladi.Endi o'sha kunni kutardim. Keldi o'sha kun ham. Qadrdon tut daraxti yonida uchrashdik. Hech narsa bilmagandek, har doimgidek samimiy jilmayib turardingiz. Qo'limga go'zal bir qizil atirgul g'unchasini tutqazdingiz. G'unchaning qizil barglari orasiga mening qadrdan uzugimni yashirganingizni sezdim. Shunaqa xursand bo'lib ketdimki, bu mening kulgumda namoyon bo'ldi. -Gulim, soatni ber! Men soatni sizga tutqazdim. Shu onni o'zidayoq soatni chil - chil chindirib tashladingiz. Uzukni esa yana barmog'imga taqdingiz. Qanchalar baxtli edim o'shanda. -Bizni hech kim ajratolmaydi. Kimki, bunga urinsa, shu soatdek parchalab tashlaymiz! -Parchalab tashlaymiz! -dedim men ham. Sovg'a olgach, uzoq yayov yurib suhbat qurdik. Kech tushgach tug'ilgan kunga bordik. Sevishganlar rolini o'ynamadik, biz chindan sevishganlar edik. Hamma bizga havas ko'zi bilan boqardi. Balki ko'z tegdimikin muhabbatimizga. O'sha kuni tunda siz uyingizga ketdingiz, men esa dugonamnikida qoldim. Telefonimni quvvati tugaguncha subatlashdik. Tongda meni uyimga kuzatdingiz. Har doimgiganda tikilibroq qaradim sizga. Xuddi ortiq ko'rmaydigandek. Poyezd yo'llarida yurib borar ekanmiz, yana muhabbatingizni izhor qildingiz. Shundan so'ng yana nima bo'ldi, bilmadim. Munosabatlarimiz uzul kesil uzilib ketdi. -Farishtam, iltimos so'nggi bor daraxtimiz yoniga kel! So'ggi bor boqib olay senga. -Yo'q, bora olmayman, -yana o'jarlik qildim. -O'tinaman, so'nggi bor. -Har doim so'nggi bor deysiz. Endi bormayman. -Vada beraman, keyin chaqirmayman. -Hozi boraman, kutib turing! Sizni men kutdim. Axiyri chiday olmasdan daraxtdan o'tib, siz keladigam ko'cha tomon yura boshladim. Har doimgidek yugurib keldingiz. Ammo yuzingizda yuksak iztirob bor edi. Ko'zlaringiz esa namli edi. Ilk bor sizni bu holatda ko'rgandim. Sizdan boshqa so'zlarni kutgandim. Ammo qo'limga har doimgidek qizil atirgaul g'unchasini tutqazqingiz va ikkalamiz dil izhorlarimizni bitadigan daftarimizni tutqazdingiz. Nigohingiz hamon ko'z o'ngimda. U boqishni hech qachon unuta olmayman, chunki yuragimga muhrlangan. So'ng bir so'z demasdan yugurgancha ketdingiz. Telefoningizda esa ushbu qo'shiq yangrardi: "Agar qayta tug'ilishga imkon, Bo'lganida edi yana bir bor, Sevar edim yolg'iz o'zingni, Seni sevardim takror - takror!" Ha bizni eng yaxshi ko'rgan ashulamiz edi bu. Ketdingiz siz. Hattoki yugurib ketdingiz. Men esa turgan joyimda tik qotdim. Sizdan ayrilib qolayotganimni sezgandim o'shanda. Ortingizdan boqib qoldim mahzun. Ko'rinmay ketdingiz. Ortingizdan yugurdim, ammo g'oyib bo'lgandingiz. Bu bizni so'nggi uchrashuvimiz edi. Shundan so'ng ko'p bor SMS xabar yuborib turdingiz. Shulardan biri: "Ketsang, unutishga o'rgatib ket!" degan misralar edi. Shu sabab ushbu hikoyamni shu nom ila atadim. Oyingizni nohaq ayblabman. Bu sir ko'p o'tmay oshkor bo'ldi. Shunchaki muhabbatimizni ko'ra olmaganlarning fitnalari ekan bu. Nima bo'lganda ham ular o'z maqsadlariga yetishdi. Endi xursanddur. Axir biz ayro yo'llardan ketdikku. Sizni o'zga bir yorlar bilan uchratdim. Menga uzoq tikilib qoldingiz. Men esa pisand qilmagandek o'tib ketdim. Mana endi esa umuman yo'qlamaysiz. Tushunib yetdimki, bizning uchrashuvimizga faqat siz sabab bo'lgan ekansiz. 
Men hech bir tashabbus ko'rsastmaga ekanman. Endi esa sizni sog'inyapman. Har bir yomg'ir tomchisidan, har bir yaproqlarda sizni so'rayman.Ammo javobsiz bu savollarim. Yoringiz bilan baxtli bo'ling
sevganim... 
Aziz saytdosh, bir insonning qalb kechinmalarini guvohi bo'ldingiz. Menimcha siz ham kimnidur sevgansiz. Tunlari bedor nomalar ham bitgandursiz? Bu ehtiros hech birimizga begona emas. Sizningcha ushbu hikoyada kimning aybi ko'proq? Hikoya haqidagi batafsil fikringizni o'z izohingiz orqali qoldirsangiz, bag'oyatda mamnun etardingiz. E'tiboringiz uchun tashakkur!
Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 1890 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
24.10.2011 (22:36) #2
qars ikki qoldan chiqadi
24.10.2011 (22:35) #1
rahmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]