17:22 Hayrulla Hamidov Tushumga kiradi Buxoriy bobom | |
Hayrulla Hamidov Tushumga kiradi Buxoriy bobom Tushumga kiradi Buxoriy bobom, Tur deydi namuncha uxlading bolam. Jon tikib top`lagan xadisim o`qi, She`r yozsang tuzikroq satrlar to`qi. Buncha xam bo`lmasang ayolinga mast, Ayoling past qilgan xayolinga mast. Tur deydi o`rningdan muncha uxlaysan, Bugun yig`lamasang, ertan yig`laysan. Namuncha dunyonig quliga do`nding, Ozgina zo`rlasa indamay ko`nding. Qo`y endi, yod eldan faxrlanishni, Buhoriy bobom deb faxrlanishni. Undan ko`ra tafsir kitoblarni tit, Arzimas matoni egningdan irg`it. Rasulim, Rasulim deysani ammo, Amallaring riyo, ko`zlaring `amo. Qandaq manga sirdosh degaysan Tushingda zinolar qilsang bemalol, Termiziy yurtida tug`ildim dema, G`amdan tashkil dunyo g`amini yema. Agar ajratmasang oqu-qorani, Yodlab o`tirmagin o`ttiz porani. Chiroyli so`zlarni chiroyli sozlab. Chiranding chiqolmay chiroyni ko`zlab. Guldan xaykal bitma o`zingdan o`zing, Qilgan amalinga most kelsin so`zing. Innamal `amanul binniya deb on, Xoxlagan ishinga qo`l urma nodon. Ushbu Xadis asli ma`nosi o`zga, Sira xam mos kelmas sen aytgan so`zga. Amalga intilgin Xadislar yodla, Tunlari gunoxim ko`p deyu dodla. Ko`ngling hohishini hohish demagin, Farqi yuq xox gunox xox ish demagil. Agar bolam bo`lsang bobongga most b`ol, Yolg`on tana bo`lma ozgina rost bo`l. Xechkim ko`rmas joyda aylagin taqvo, Skunat riyoviy taqvodan iqvo, Tushumga kiradi Buxory bobom. Xalqimga bir so`zni yetkazgin bolam. Tunov kun qabrimga boribdi xalqim, Maqsadi ziyorat qastida balkim. Turli marosimlar uyushtribdi, Yoshimnifalon deb sanab yuribdi. Yo`q! Xayxot bu xolat dinda bidiatdur, Bidiatsiz yashamak chin saodatdir. Qabrimda muqaddas narsa yuq aslo, Bu xolni xis qilar xar aqli raso. Bu ishlar o`rniga aqli farosat, Go`zal Xadislardan izlar nafosat. Rasuli Akramning xar bir so`zlarin, Shiyor aylagay va surtgay ko`zlarin. Garchi ul zot uchun borim berganman, Payg`ambar qabriga tpinmaganman. Jamiy qudusiyat Allohga mutloq, Bu yuldan o`zgasin istagan noxaq. Qabrimga ko`zmo`nchoq kelganlar taqib, Jaxolat qariga ketgan uloqib. Xalqim turkiy zabon istasa javob, Xadisni o`qisin menga shu savob. O`tgan kunlarini aylabon nosib, Saxixga ergashsa xayoti saxix. Tushumga kiradi Buxoriy bobom, Ko`chada gullabdi nixoyat bodom. Tur deydi bolama uxlading ko`pam, Bugun xadisga yod men o`sgan supam. Ul supani supurib qayrgin, Kam sonli mo`minga salomim aytgin. Buxoroning nomi "Bu xoro"midi? Men ko`rgan shaxr shu Buxoromidi? Xadis yodlovchiga sig`magan shaxr, Bugun bir xadisdan tamom be xabar. Qizlari yalong`och, erlari beor. Yo o`zgarib ketdi iloxiy shior. Agarcha Islomning dardin yemaslar, Buxoriy nomiga xaqli emaslar. O`zlarin Buxoriy yurtidan deb miz, Tanishtrmasinlar o`zidan ketib. Undan ko`ra dinga bo`lsinlar tobe, Iloxiy amrga doimo some. Aytgan suzlarimga bolam amal qil! Ushanda men ulardan rozi bulgum bil! Istasalar ruxim bo`lishini shod, Xadisga muofiq kechirsin xayot. | |
|
Всего комментариев: 0 | |