Главная » 2011 » Ноябрь » 13 » " Hayot derlar 40ga chidagan 41ga ham chidar ekan..."
19:43
" Hayot derlar 40ga chidagan 41ga ham chidar ekan..."



...... oilada uchinchi farzand. Uni ikkita opasi bor! Katta opasi 6 yoshda, ikkinchisi 5 yoshda. ......esa shu oyda 3 yoshga to'ldi. Uchalasi ham bir - biriga juda mehribon. Onasi ham oqila va dono ayol. Qizlarini yeru - ko'kga ishonmaydi. Ammo dadasi ...... esa... 

O'sha vaqtlar dadasi 19yoshda edi. ..... ismli bir qizga ko'ngil qo'ydi. .... ham unga befarq emasdi. Yoshlar bir - birlariga vadalar berib, aht - u paymon qildilar. Ammo taqdir peshona deganlaridek ikkisining qismati ikki ayro yo'ldan ketdi. ...... oilasidagilar undan bemaslahat shaharlik uzoq qarindoshi ..... unashtirib qo'yishdi. ...... esa ancha qarshilik qildi. Ammo otasi qattiqqo'l va so'zini o'tkizadigan odam. 
-Qarshilikni bas qilib jimgina uylanasanmi yoki ko'zimdan yo'qolib, bizdan vos kechasanmi? 
-Ota, bu nima deganingiz? Men boshqa... birov... qiz... Boshqa... 
-Boshqa? Boshqasida ko'nglim bor demoqchimisan? 
-Yo'g'ey. Axir u qizni... U qizni... 
-Nima u qizni? 
-U qizni... 
-Chaynalma xotinga o'xshab! -kesib - kesib gapirdi ..... ota. 
-Ota u qizda ko'nglim yo'q, qanday yashayman axir? 
-Men ham onangni chimildiqda ko'rganman. Binoyidek yashab yuribmiz. 
-Sizni zamoningiz boshqa edi ota! 
-O'chir ovozingni, uyat ham qolmagan yoshlarda, gap tamom vassalom. 
Ilojsiz qolgan ..... rozi bo'ldi. Ota - onani norozi qilib, baxtga erishib bo'lmasligini bilardi. Ammo bir mushtiparni boshi berk ko'chaga tashlab ketishning oqibatlariyu, gunohini o'ylamadi. O'ylasa ham qo'rqoqlik qildi. "Ota, men boshqasini yoqtiraman, u mendan farzand kutyapti!" deyishga qo'rdi.....xomilador edi. Sevgisi haqqi - hurmati ....shart ham qo'ymadi, uni bezovta ham qilmadi. Hatto onasiga ham otasiga ham bolasining otasi u ekanligi haqida lom - lum demadi...... otasi ..... ota esa uni "Oq" qildi. Biz uchun bu so'zni yozish, o'qish nechog'lik oson bo'lsa, ....... uchun esa bu ikki harfli so'z dunyolarni ostin - ustun qilgandek bo'ldi. Yuragiga o'tkir tig'lik hanjar sanchgandek bo'ldi. Yo'q, shugina xolos emas, "Oq qildim" degan so'z undan ota - onasini, qadrdan uyi-yu, qishlog'ini tortib oldi. Sho'rlik qiz esa soddiligi, ishonuvchanligi uchun o'zini lanatladi. Ammo besamar. Endi kech edi. Uyidan chiqib ketgach, qo'shni viloyatdagi xolasinikiga bordi. Xolasi uni ko'rib hayratda qoldi. 
-......, mehribonim, qachon seni turmushga uzatishdi. Bir og'iz aytmaganlaringni qara, -deya gina qilayotgan edi xolasi. ... uni quchib, yig'lab yubordi. 
Xolasi uni yupatgancha, ichkariga kirgazdi. Xayron bo'lib unga tikilib turardi. .... yig'lay - yig'lay xolasiga dardini to'kib soldi. Ko'zida yosh bilan uni eshitdi. Boshqalarga o'xshab undan ijirga'nmadi, jerkib bermadi. 
-Qizalog'im, endi yig'lamoqdan naf yo'q. Olloh senga ona bo'lishdek baxtni nasib etgan ekan, bundan xursand bo'l. -...... opa jiyanining duppaygan qornini silar ekan, "Kichkintoy, ozgina shoshibsizda!" -deb qo'ydi samimiyat bilan. 
Xolasining farzandi yo'q edi. Uni qilmagan amali, ko'rinmagan tabibu, shifokori qolmadi. Hammasi kelishib olgandek bir xil gap aytishadi: "Iloji yo'q!". Turmush o'rtog'i ..... buyerdagi g'avg'olardan charchab, tayyor ishini tashlab xorijga ketib qoldi. Onasini uni ko'rdi deguncha deydiyosini boshlaydi "Bolam, sen ham o'zingdan zurriyod qoldirishing kerak, hech birimizni bog'lab bermagan, tepkilab ko'maydigani bo'lsin har insonni. ..... javobini ber." -deya hech qo'ymaydi. Axir qanday unga javobini bersin. Qancha yaxshi - yomon kunlarni boshidan o'tkazmadi axir? Undan kecholmaydi. Onasiga bas kelolmagach, ..... shahardan ikki xonali uy sotib olib berdiyu, o'zi ishlayman deb xorijga ketdi. ......2 oydan buyon shu uyda yolg'iz o'tiradi. Jiyanini endi shu yerda yashashidan biram xursand bo'ldiki, buni aslo yashirolmadi. ...... ham hamma g'amlarini unutgandek bo'ldi. Boshingga tashvish tushganda seni tushunadigan inson bo'lsin ekan.
 



...... uylandi. To'y binoidek o'tdi. ...... chiroyda ancha - munchani ortda qoldirardi. Qosh - ko'zlari tundek qop - qora, yuzi sutga chayilgandek oppoq va tiniq, kipriklari yuzlariga tushgan ko'hlikkina qiz edi. U ......oila a'zolarini hurmatini joyiga qo'yar, uy yumushlarini kam - ko'stsiz bajarardi. Yangi yor bilan ovungan ....., Nodirani va o'z zurriyodini ham unutdi. Uni holi ne kechdi deb ham qiziqmadi hattoki. 
...... to'yidan 3 kun o'tib, ...... ko'zi yoridi. Qo'chqordek o'g'illik bo'ldi. ..... unga ..... deya ism qo'ydi. ..... bolasiga har boqganida yum - yum yig'lardi. "Shu qadar ham otangga o'xshaysanmi bolam?" deya o'ksinardi. U bolasida armonlarini, olisda qolgan qadrdon qishlog'ini va eng muhimi qo'rqoq ....... ko'rardi. 
Kunlar ketini quvib o'tdi. Hammasi iziga tushgandek edi. Faqat sog'inch iztirobini hisobga olmaganda. ..... kemtik dillarga malham bo'ldi. Huvillab yotgan uy bolajonning shirin hidiyu, quvnoq kulgu va yig'ilariga to'ldi......uni o'z bolasidek parvarishlardi. 



Oradan 2 yil o'tdi hamki, .... farzandsiz edi. Bunda ayolni ayblardi. Bechora kelinchak esa hech so'z demasdan yengardi. Shifokorlar hech bir kasallik topisha olmagandi. Hamma hayron. .... esa alamini xotinidan olardi. Ammo hamma ayb-u - gunoh o'zida ekanligini o'ylamasdi ham. Hech bir ish javobsiz qolmaydi. Bir begunoh bolani tirik yetim qilgani uchun balki bu unga jazodir, yana kim bilsin. 
Uchinchi yilga o'tib ularga Olloh farzand ato etdi. Shunda ham noshukr ....... "Qiz tug'ding!" deya ...... ozor berardi. 
-......aka 3 yil deganda farzand ko'rdik, bundan xursand bo'lish o'rniga Xudoga shak keltiryapsiz. Qizmi, o'g'ilmi joni omon bo'lsin! Qizni bergan Tangrim, o'g'ilni ham berar, sabr qilaylik! -bechora gapini tugatmasdanoq, yuziga kuchli musht zarbi kelib tushardi. 
Deyarli haftasiga ikki uch marotaba kaltaklanardi sho'rlik. 
-Nima, meni qo'limda ekanmi? Odamlarga o'xshab beshtalab qiz tug'ganim yo'qku, keyingisi o'g'il bo'lar! -deya eriga iltijo qilardi jonidan o'tib ketgach. 
Shu yusinda bir yil ham o'tdi. Ikkinchi farzandi dunyoga keldi. Ammo... Ammo u ham shiringina qizaloq edi. ..... ko'rgani tug'riqxonaga ham bormadi ...... Hatto uyga kelgach unga gapirmadi ham. Shunchaki besabab kaltaklayverardi. Sabrli ..... farzandlari uchun chidardi. Qaynona, qaynotasi yaxshi insonlar bo'lgani uchun shu uyda chidab yashardi sho'rlik. Qizaloqlari birin ketin ulg'aya boshlashdi. Ikki yil o'tgach uchinchi farzandi ham dunyoga keldi. Yana shiringina qizaloq. Bu safar ...... ...... ham chaqaloqni ham uyga kirgazmadi. .... yum - yum yiglab ota uyiga qaytib ketdi. Bu axmoqona qilig'ini eshitgan .... otasi shu zahotiyoq shaharga, kelinining uyiga yo'l oldi. Uni u qadar hushlamayroq kutib olishdi. 
-Quda, o'g´lim yoshlik qilib qo'yibdi. Keling, kechira qoling! 
-Yoshlik qilibdi? Qo'ysatgizchi .... aka. Yoshligi qolibdimi? 28 ga kirdi. 
-Hozirgilarni bilasizku ...... Kalla boru aql yo'q. O'zim kafilman, boshqa qaytarilmaydi. -xullas, u dedi, bu dedi ......qaytarib olib ketdi. 
Uyga borgach, o´g´íliga  dakki berdi: 
-Agar, kelinni yana bir bor xafa qilsang, mendan aslo yaxshilikni kutma! Xotinni ko'chaga qo'yib, g'ururingdan kechdingmi nomard? 
-Ko'rmaysizmi ota, 3 qizni tug'ib tashlagan. 
-O'chir ovozingni! Esing shunchalik ham past bo'ladimi? Keyingisi o'g'il bo'lar. Shukr qil, tirnoqqa zorlar qancha. 
-Eee, buni ichi qizga to'lib ketgan, o'g'il tug'maydi bu! Boshqa...-gapini tugata olmadi ........ Yuziga otasining tarsakisi "shart" etib tushdi. 
-Gap shu, o'zingni yig'ishtir bola. Agar ..... oldida meni beburt qilsang... men o'zimga javob bera olmayman! 
Otasining gaplari ta'sir qildi shekilli, qaytib ..... qo'l ko'tarmadi. Hammasi iziga tusha boshladi. Qizlari ulg'ayib qolishdi. Kichik qizi ..... ham uch yoshga kirdi. 
Bir kuni ..... ichib keldi va besabab Bahorani ura boshladi. Qo'rqib ketgan qizaloqlar bobosini chaqirib kelishdi. ..... ota jaxl ustida o'g'lini tepa ketdi. 
-Odamni bolasimisan o'zi? Shu kunga qadar it boqgan ekanmanda-a? Bu ham birovning farzandi-ku, shunchalik ham noshud bo'lasanmi ko'rnamak! 
Dadasini savalanayotganini ko'rgan kichik qizi yugurib kelib dadasini quchoqlab oldi. U ilk bor dadasini quchayotgandi. Ko'ksida tushuniksiz kechinmalar sodir bo'lardi. Ammo qizaloq buni anglashga hali ancha yoshlik qilardi. Qattiq tepkilarning biri Sqiziga kelib tegdi va u 3 qadamcha nariga otilib ketdi... 



-Doktor, unga nima qildi? Qattiq shikast yemadimi? -hovliqgancha so'rardi ..., ammo, shunda ham qizim demadi. ..... yuziga esa tabassum ilindi. "Nahot sog'ligi bilan qiziqsa?" 
-Qizalog'ingizning sog'ligi juda yaxshi, og'ir holatni yengib o'tdi. O'g'il boladan ham kuchli ekan. 
Bu so'zlardan ..... faxrlanib ketdi. "Men endi o'g'lim yo'q deya nolimayman, shu qizalog'im mitti joni bilan menga panoh bo'ldimi, demak men eng badavlat odamman!" deya xayolidan o'tkazdi. So'ng qizining yoniga kirdi va yoniga o'tirdi. 
-Qizalog'im, hech qayering og'rimeyaptimi? 
Qizi dadasining bunaqa muloyim muomalasiga hecham o'rganmagan edi. Tezda o'rnidan turishga chog'landi, ammo boshidagi kuchli og'riqdan hushini yo'qotdi. 
-Qizim, qizim! Ko'zingni och, qizalogim shirinim! Doktooor... 
Doktorlar ...... tinchlantirisgdi. Bu og'riq kuchliligidan bo'lganini tushuntirishdi. .....hamon hayratda edi. Turmush o'rtog'ini bu qadar o'zgarishiga nima turtki bo'lganini hecham tushunolmasdi. 

Qizi sog'aygach, uyga ..... o'zi olib ketdi. Tunu - kun yonida bo'ldi. Katta qizlariga ham mehri oshgandan oshardi. ....esa bunga sekinlik bilan ko'nika bordi. 


.....kelganiga ikki yil bo'gach, pochchasi qaytib keldi xorijdan. Ular uyda birgalikda yashay boshladi. .... aka ham ... juda yaxshi ko'rardi. "O'g'lim" deya erkalardi. Oradan 4 oy o'tgach, .... xomilador ekanligi aniq bo'ldi. Hamma hayron. Bu mujizami? Ular bir mushtiparga yordan qo'lini cho'zib, uni hayotga qaytarishdi. Olloh esa ularni "Ota va ona" deb atalmish ulug' nomga loyiq ko'rdi. Ollohning mehribonligi shudirda. 
-Eee, xotin, 40 ga kirganda ota - ona bo'larkanmizda a? 
-Ha, ..... aka, Ollohga shukr! 
-Endi bu xushxabarni onamga yetkazaylik. 
-Ketdik. 
Bu xabarni eshitgan onaizor ko'klarga parvoz qildi. Kelinini o'tqazishga joy topolmasdi. "Lash - lushlaringni yig'ishtirib tez uyga qaytinglar! Uylaringda .... jiyani yashayturadi!" deya amr qildi ona. Ular uyga ko'chib kelishdi. Xullas bu yerda ham hammasi joyida. .... esa nufuzli tikuv seyxlaridan birida ishlardi. O'g'li ulg'ayib, hozirda 2 -sifda o'qiydi. 
-...., bolajonim darslaringni qildingmi? 
-Ha oyijon, hammasini tayyorladim. 
-Unda boraqol, o'rtoqlaring bilan biroz o'ynay qol! 
....... yugurgancha dalaga chiqayotgan edi, savlatli bir odamga urulib, to'xtab qoldi. 
-Uzur, kechirasiz amaki! Men bilmasdan... 
Ha, bu ...... dadasi ...... bobo edi. Yilllar unga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmabdi, sochlari qirovdek oqarib, gavdalari bukchaygan..... uyatdan uning ko'zlariga qaray olmadi. ..... bobo esa kelib, qizini mahkam bag'riga bosdi. 
-Bolam, shunchalik ham bo'ladimi odam? 
-Dadajon... 
Oraga sukut chukdi. Ular ko'zlariga yosh olishdi. So'ng ..... bobo gap boshladi: 
-Qizim, mana oradan 9 yil o'tib ketdi. O'zimga o'xshaysanda, g'ururing to'sqinlik qilib uyga qaytmading. Biz har kuni eshikka multirab kutamiz. Ota - onani yaratmasin ekan bolam. Jaxl ustida aytgan bir og'iz gapni deb shuncha vaqt aziyat chekdim. Endi yetar, yo'lga hozirlan, qishloqga qaytamiz! 
-Lekin, dada... 
-Lekin - pekini yo'q! Seni hamma kutyapti bolam. Tezda hozirlan, men nabiram bilan suhbatlashib turaman, bo'laqol qizim. 
..... sevinchi ichiga sig'may, xonasiga yugurib kirib ketdi va Ollohga hamd - u, sanolar aytdi...

.........<<<<<bular o´rniga o´zingiz ism qo´yib o´qing iltimos..
O´qiganilar uchun rahmat xurmat va ehtirom ila ELBEK.....
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1172 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]