Главная » 2012 » Апрель » 8 » Boja dan "Oysiz Tun" N:1.....5
13:54
Boja dan "Oysiz Tun" N:1.....5











Oysiz Tun - N: 5

Ko'zlarim mushtoqir bir senga yorim,
Aylagandim bajo bir senga borim,
Kelolmayman o'zgarar ming qarorim,
Oysiz tun yo'qsan bedorman sensiz.

Oshiqlar orasida bu men bir gado,
Naxot bu sevgi ming dardga davo,
Qilmagin sen meni o'zi adoman ado,
Oysiz tun yo'qsan bedorman sensiz.

Qalbimda alam sevgi meni qiynadi,
Yurakdagi sevgimni nega yorim bilmadi,
Ox bu azob.xijron bu yuragim tirnadi,
Oysiz tun yo'qsan bedorman sensiz.

O'xshataman sevgini azob to'la dunyoga,
Aylanmasin insonni bu sevgisi ro'yoga,
Bag'rim ezib uchdi endi sevgim xavoga,
Oysiz tun yo'qsan bedorman sensiz.

Xamon bedorman kunim tunday bilinmas,
Naxot sevgan dil chin dildan sevilmas,
Bu yuragim xamon sendan o'zgani bilmas
Oysiz tun yo'qsan bedorman sensiz.


Oysiz Tun - N: 4

Ishqingda yongandi bu sevgan yuragim,

Qayg'uda xamon bu singan yuragim,

Bormi endi kimgaxam orzusiz xech keragim.

Oysiz tun yo'qsan jonsiz bu yuragim



Yurakdan sevgimni olib senga bergandim,

Azob to'la sevgimni qalbim uzra tuygandim,

Ne qilay sevgingsiz azob chekgandim,

Oysiz tun yo'qsan jonsiz bu yuragim.



Oylar, yillar o'tar kelmaysan qaytib,

Sevgim ortadi olmagin mexringni tortib,

Bu yurak sevar ketding sevgingdan tonib,

Oysiz tun yo'qsan jonsiz bu yuragim.



Tunlarni ulab tonga sensiz boshlayman,

Sen begonasan lekin sevging qo'msayman,

Ayt endi sevgingsiz qanday yashayman,

Oysiz tun yo'qsan jonsiz bu yuragim.



Qadrlayman sevgimni sensiz azob qalbimda

Yurak qiynasa azob shudur orzu dardimda,

Yurakda yagona tuyg'u bu shirin sevgimda

Oysiz tun yo'qsan jonsiz bu yuragim.


Oysiz tun -N 3.

Xayolim chulg'agan ajib bir tuyg'u,

Bu tuyg'u nedir shirin bir og'u,

Qancha inson uni deb chekarlar qayg'u,

Ne qilay yo'qsan oysiz tun bu yonimda.



Bag'rimda eding endi sevgim qo'msayman,

Jonsiz yurak qoldi lekin xamon yashayman,

Baxtli bo'l senga yurakdan men tilayman,

Ne qilay yo'qsan oysiz tun bu yonimda.



Istirob uyida yuraklar qayg'u chekar,

Azobdan bardoshsiz xatto jonidan kechar,

Ayting endi sevgisiz bu yuraklar ne qilar,

Ne qilay yo'qsan oysiz tun bu yonimda.



Qalam oldim qo'limga azobni tarifladim,

Azobli kunlarimda to'yib to'yib yig'ladim,

Afsuski menda yo'q bahtni senha tiladim,

Ne qilay yo'qsan oysiz tun bu yonimda.



Yuragm bir zum ham seni xech unutolmas

Sensiz sahroda kezib baxtni xech topolmas,

Bu tuyg'y bilan birga xech qaerga ketolmas

Ne qilay yo'qsan oysiz tun bu yonimda.


Oysiz tun -N 2.

Nedir sevgi o'zi qiynar insonni.
Uning ishqi tutgan yeru jahonni,
Ayirar sevganu sevmagan jonni,
Ne qilay oysiz tun yo'qsan yonimda.

Oyxam xolimdan qayg'uda turar,
Sevgidan ijozdir yuragim yig'lar,
Naxotki beshavqat qalbimni tilar.
Ne qilay oysiz tun yo'qsan yonimda.

Qanchalar beshavqat xayotdir zolim,
Qayg'udan yurgan zulmatdir yo'lim,
Afsuski bevafo men sevgan yorim,
Ne qilay oysiz tun yo'qsan yonimda.

Qaytarmi ortiga xatosin bilib,
Sevarmi yurakdan menga intilib,
Ketgandi azobdan yuragim tilib,
Ne qilay oysiz tun yo'qsan yonimda.

Tuyg'udir bu sevgi cheksiz bilmagan,
Sevgan insonni abad jondan qiynagan,
Azobdir qalbdagi shirin tirnagan,
Ne qilay oysiz tun yo'qsan yonimda.


Oysiz Tun -N 1

Seni eslatar yana bu oysiz tun,
Joni yo'q yuraklar lekin but-butun,
Sensizlik sevgidan bo'lmoqda ustun.
Ne qilay sen yo'qsan bu oysiz tun.

Qalbimni ezadi tunning qora zulmati,
Yuragim parchalar bu tagdir qismati,
Sevgimi yo bilmadim nedur bu xikmati,
Ne qilay sen yo'qsan bu oysiz tun.

Olislarga ketaymi boshimni olib,
Sensizlikga ko'naymi yuragim yorib,
Ketgansan sevgidan butunlay tonib,
Ne qilay sen yo'qsan bu oysiz tun.

Qalbimdagi quvonch qolmagan bugun,
Sevgidan ayriliq bo'lolmas ustun,
Yurak ila bu sevgi bo'lsaydi bir-butun,
Ne qilay sen yo'qsan bu oysiz tun.

Tugamas Bojaning qalbidagi dardlari,
Erimas qayg'udan yurakdagi g'amlari,
Azoblar sevgining azobli bu tunlari,
Ne qilay sen yo'qsan bu oysiz tun.


                                                             Boja qalamidan





Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 1147 | Добавил: AdMinka | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
08.04.2012 (15:23) #1
clap bravoooo
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]