Главная » 2011 » Октябрь » 25 » " Bir lag´za bag´ringda tutib tur meni.." sevgimning yakuni....
00:14
" Bir lag´za bag´ringda tutib tur meni.." sevgimning yakuni....


Shamollar xazonlarni quvgan kabi 
Har dam hayollarim izlaydi seni
Sokin tun bolishing quchganing kabi 
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Qaniydi kaftimni bosib yuzingga 
Dardlaring, g’amlaring ololsam qani,
Zuhro ham Tohirni quchgani kabi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Nega yo’llarimiz bizlarning ayro,
Nega qalb tushunmas sendan men judo
Farishta duosiga tutilgan sado
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Telbadek kunlarim tunlarga ulab,
Shivirlar ostida erkamni kuylab,
Orzuning, umidning boshidan silab…
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Achchiq bo’lar ekan sog’inch so’rog’i
Tark etmas dilimni taqdir tuzog’i…
Subhidam yangrasa oshiqlar ohi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Manzilim yo’qotgan bir sayyoh kabi
Jonim deyolmasman sendan o’zgani
Doim so’roqlagan hislarim haqqi
Bir lahza bag’ringda tutib tur meni

Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 745 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
atirgul
25.10.2011 (12:01) #3
рахмат
25.10.2011 (06:35) #2
biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin
25.10.2011 (06:35) #1
Rahmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]