Главная » 2011 » Ноябрь » 3 » Asabiylik domidan kim qutqaradi meni???
21:36
Asabiylik domidan kim qutqaradi meni???


Asabiyligimga sabab nima? Chalkashlikdan iborat taqdirmi? Yoki o'zga sabab ham bormi? Keling, yaxshisi bir boshidan boshlayman. Ya'ni tong otganidan boshlab: -Malika, qizim, turaqol, soat yettidan oshdi axir! -Ufff, oyiii! Meni turg'azib nima qilasiz? -oyim befoydaligini bilgach, ukamni yuboradi. -Opa, turaqoling endi. Oyim charchab ketdi axir! -Ov dovdir, sen mushdek boshing bilan menga aql urgatasanmi? Bor yo'qol, meni kallam o'zimga xizmat qilyapti. Kalla bo'lma menga. -Turmasangiz ketmayman! -qat'iy turadi ukam. -Nima deding? Hali sen meni "Asabimga tegdingmi" hali? -deya uni quvlab ketaman. Tutib olgach esa do'pposlaydi deb o'ylaysizmi? Qayoqda deysiz? Kiyimimdan burga topib olsam ham qo'yib yuboramanu, ukamga qo'l ko'tara olamanmi? Shunchaki 1 soat leksiya o'qiyman. -Uka, meni asabimni egovlama, asab tolalarimni kemirma, asabimni o'ynoqlatma, asabimga tegma! -xullas hamma gapim asab bilan bog'liq. Ukam yana "ASABIMNI EGOVLAYDI": -Opa, 10 daqiqa ichida 150 ta so'z aytdingiz, shulardan 110 tani asab so'zi band qilib turibdi. Men yana baqiraman "ASABIMGA TEGMA!" Shu bilan uyqu ham qochib ketadi. Kayfiyat "0". Nonushta qilmayman. Kun bo'yi yana "ASABIYLASHIB" yuraman. Soat 9:30. Yana asabimni egovlari gap boshlashadi: -Bolam, shu idishlarni yuvgin! -buvim gap qo'shadi. -Xo'p buvijon, oyim aytgan ishni qilib olay. -supurishda davom etaman. 2 daqiqa o'tmasdanoq oshxonada "TAQ, TUQ" idishlar ovozi eshitiladi. -Buvijon, aytdimku o'zim yuvaman deb. Mana bo'ldim ishlarimni. -asabim maksimal darajaga chiqadi. Borib buvimni qo'lidan olaman va yuva boshlayman. Yuvib tugatmasim oyim, baqiradi. "Malikaaa, manti yegim keluvdi, tushlikka manti tayyorlay qolgin". -Xo'p oyijon, idishlarni yuvib olay, tezda boshlayman. -Har doim shu, biz aytsak, idish yuvib qoladi. Manti yemay zaharni ye deydida bu. -Oyi, siz oyingizga shunaqa deganmisiz? -fig'onim falakka yetib baqira boshlayman. -Nega unaqa der ekanman, men oyimni soyasiga ham ko'rpacha to'shardim. -Unaqa bo'lsa nega bo'lmagan gapni aytasiz. Mana boshladim, faqat "ASAB TOLALARIMNI YEMIRMANG"! Shunday deya asabiylashib xamirni boshlayman. Idishlarni yarmi qolib ketdi. Ikki martadan yuvildi barchasi, lekin bizni oyijon 3 marta yuvilmagan idishlardan ovqatlanmaydi. Buvijonim esa gel bilan yuvilgan idishda ovqatlanmaydi. Bordiyu adashib yuvib qo'ysam, o'sha kuni "talpa". Masalliqni ham tayyorlab bo'lgach xamirni yoyishga tushaman. Oyijon xamiri qalin mantini yeydilar, buvijonning mantilarini xamiri esa qildek yupqa bo'lishi kerak. Ukajonim esa piyozi bor mantini yemaydi, unga alohida piyoz solmasdan masalliq tayyorlash kerak. Yarmiga kelganda ukam maktabdan qaytadi. -Opaa, qayerdasiz? Oq ko'ylagimga siyoh tomdi, tezda yuvmasangiz keyin ketmay qoladi. -Uka, shu xamirni oxirigacha yoyib, tugib olmasam yopishib qoladi. -vaziyatni tushuntiraman men. -Bo'lmaydi dedimku, ishingizni oti nima? Bo'lmasa hozir dadamga qo'ng'roq qilaman. -"ASABIMGA CHO'P TIQMA". Sabr qil axmoq juja! -dadamga telefon qilsa tamomman. Chunki u doim ishontirib yolg'on to'qiydi. Hozirgi vaziyatda u bunday derd "Dadajon, qizingiz yotvolib televezor ko'ryapti, oyim bilan buvim mantu tugyapti. Opamga ko'ylagimni yuving desam, buvimga ayt deyapti"... Yo'q yo'q. Keyin kaminaning go'shtidan chuchvara tayyorlashadi. -Shoshma uka, hozir yuvib beraman. -xamir ham, manti ham, idish tovoqlar ham, supurilayotgan havli ham qoladi. Ko'ylakni yuvishga tushaman. Yuvib bo'lib qaytgunimga qadar xamir allaqachon yopishib ulgurgan bo'ladi. Uni qayta yoygunimga qadar tushlik vaqti keladi. Qarabsizki, yana janjal. "Voy bizning uyda doim shu ahvol, ovqat qil desak ham bo'lmaydi, hovlini aftiga qarab bo'lmaydi." leksiyasini boshlaydi oyim, so'ng buvimga navbat "Ozib to'zib bir idishlarni yuv debmiz, shuni ham qilmabsan" -Bo'ldi, yetar, "ASABLARIMDA ASAB QOLMADI", har kuni kim qiladi agar? Tuhmatdan charchashmadi bular. Bir marta pant bersam, uzmay gapiradi. Undoq qilsam bundoq deydi, bundoq qilsam, undoq deydi! Jondan to'ydirdilaring. Men ham ozgina o'zim uchun yashay, iltimos... deb baqirib turganimda mehmonlar kelib qolishadi. Ya'ni sovchijonlar. -O'chir yuzsiz, -deya chimchilaydi onam. -Aylanay, bizning kelinni nega ranjityapsiz? -deya gap boshlaydi sovchilardan biri. -Ufffff, voy dod. Qanaqa keliningiz axir. Men o'g'lingizga tegmayman. Uni ko'rsam, "ASABLARIM TARANGLASHADI". Sovchilar bu jinnimi nima balo deb ostonadan qaytib ketishadi. Onamni diydiyosi boshlanadi: -Seni boshimga yostiq qilamanmi? Yoshing 22ga chiqdi. -Oyi, "Asabimni o'ynoqlatmang". 22ga to'ishimga hali 4 oy bor. Deya baqiraman. Rost, yigitlarni ko'rsam "ASABLARINM O'YNAB KETADI", ayniqsa, madaniyatsiz, didsiz va farosatsizlarini ko'rsam. Shunaqa yigit bilan bir umr bir uyda yashashni o'ylasam, "Asablarim lovillab ketadi". Unda kim yoqadi deysizmi? Hech kim hozircha. Kimnidur yoqtirguncha o'tirib qolish tugul, yotib qolishim tayin. Kech kirgach yana mojaro: -Mantiniku, kechga yedik, tonggini tushlikda yemaylik tag'in.Shuning uchun keksni kechasi tayyorlab qo'ygin! -Xo'p bo'ladi! Shoh amri vojif! -deya o'lganim kunimdan keksga unnayman. Soat 22:30. Telefonim jiringlaydi. Qarasam Marjona. Xursand bo'lib ketaman. Ollohga shukr, meni ham yo'qlovchilar bor ekan. Ko'nglimni zora shu ko'tarsa, degan o'yda qo'ng'iroqga javob beraman: -Alo. -Hech narsa bilmagandek alo deyishinchi buni. -Nima qilibman Marjooon? Sen qoluvding "ASABIMNI EGOVLAMAGAN". -Menga umuman gapirma! Bir marta qo'ng'iroq qilishni ham bilmaysan -unga vaziyatni tushuntiraman. Xafa bo'lma deb iltimos qilaman, o'ziga kelgach u ham dardini dasturxon qiladi. -Erim piyonista, qaynonam injiq, o'g'ilcham shomollagan...-Xullas uni dardini tinglaginimcha keks musorga ravona bo'ladi. Kuyiiiib ketadi. Qaytadan tayyorlayman. Xullas, soat 2:11da uxlayman. Yana tong otadi. -Malika, qizim tur, soat 7 bo'ldi. -Oyiiii, ozgina uxlay. -so'ng ukam keladi. -Tur o'rningdan, nonushta tayyorla! Qiz bola ham shunaqa bo'ladimi? -Murooood, menga kalla bo'lma! "As... asa as,, ASABIMNI BUZMAAAAA"! -yana quvlash, yana tutish, yana leksiya... Xullas shunaqa gaplar! Nima qilay? Qanday yo'l tutay? Bittasini ko'ngliga qarasam, bittasi xafa bo'ladi, bunisini ko'nglini olsam unisi. "ASBIMNI O'YNOQLATGANI O'YNOQLATGAN" iltimos, menga maslahat bering. Ortiq chiday olmayman. Yuzim 22 yosh qizniki bo'lsada, ich ichimdan qarib bitganman. Ichim naq 80 yoshni qarshilab qolgan! Maslahatlaringizni Kutib Qolaman... Madina!
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 940 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
04.11.2011 (00:20) #1
smile smile smile smile бизни уйда хам битта "асабимга тегма" дейдиган бор хахахха!!!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]