Главная » 2011 » Декабрь » 19 » Alisher Uzoqovning nikoh oqshomidan Yangi fotosuratlar
22:17
Alisher Uzoqovning nikoh oqshomidan Yangi fotosuratlar
Alisher Uzoqovning nikoh oqshomidan Yangi fotosuratlar
2011 yilning 15 dekabr kuni Alisher Uzoqov ham bo'ydoqlar ro'yhatidan rasman o'chirildi. Endi u kuyovbola! Alisher Uzoqovning nikoh oqshomi shahrimizning ko'rkam restoranlaridan biri "Oqshom" restoranida bo'lib o'tdi. Unga tashrif buyurgan mehmonlarni esa to'yxona eshigidanoq kutilmagan "shok"ka tushiruvchi holatlar qarshi oldi!

Barchaga ma'lum, ayniqsa san'atkorning to'yiga tashrif buyuruvchilar juda ko'p bo'ladi. Biroq, to'yxonadagi joylar soni esa cheksiz emas. Buni oldini olish maqsadida to'yxona eshik oldidanoq mehmonlarni "Tekshiruvchi Security"lar kutib olishdi. Agar taklifnomangiz bo'lmasa, hattoki uyda qolib ketgan bo'lsa ham to'yxonaga kirish ta'qiqlanadi! Bu birinchi e'tiborni tortgan vaziyat bo'lsa, yana biri to'yxona eshigi yonginasida turgan ajoyib avtomashina. Bu yengil avtomashina ssenariy bo'yicha o'tkazilayotgan nikoh oqshomida viktorina o'tkazilib, viktorina g'olibiga mana shu avtomobil sovg'a qilinishi rejalashtirilgan ekan. Bu ham hammani birdek e'tiborini tortdi. Ammo, afsuski mana shu viktorinaga qadar kutib o'tirishga imkon bo'lmadi. Sababi, boshqa muhim ishlarimiz bilan to'yxonani ertaroq tark etishimizga to'g'ri keldi. Eshik oldidanoq teleboshlovchi Ravshan Hakimov estrada va kino yulduzlarini videokameralar yordamida, interyu shaklida kutib olganligi ham ushbu nikoh oqshomining "fishka"laridan biri bo'ldi deb aytishimiz mumkin. Shou-biznes vakillari esa nikoh kechasiga odatga ko'ra o'z avtomobillarida emas, uzun limuzinda kirib kelishlari ham ssenariyga kiritilgan edi. Shunday ham bo'ldi. Alisher Uzoqovning kuyovjo'rasi esa shou-biznesdan ancha yiroq kasb egasi ekanligi ham biroz ajablantiradi - Odil Ahmedov! Ha, bu o'sha futbol bo'yicha O'zbekiston Milliy terma jamoasi vakili Odil Ahmedov.
Xullas, kelin-kuyov Alisher Uzoqov va Mohinurni tabriklash uchun deyarli barcha yulduzlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Rayhon, Shahzoda Matchonova, Zarina Nizomiddinova, Jahongir Poziljonov, Farruh Soipov, Sanjar Shodiev, Madina Mumtoz, Ozodbek Nazarbekov, Ziyoda, Shohruhxon, Samandar, Aziz Rametov, Mirjamol, Doniyor Agzamov, Oybek va Nigora, Dilshod Kattabekov, Zuhra Solieva, Dilshod Xoliqov, "Shod" guruhi, Adiz Rajabov, Iroda Nosirova, Erkin Komilov, Abzal Rafiqov, Mahmud Ismoilov, Shohida Ismoilova, Yayra Abdullaeva, Elyor Nosirov, Behzod Muhammadkarimov, Yodgor Sa'diev va juda-juda ko'p yulduzlar. Qisqa qilib aytganda, haqiqiy yulduzlar yog'dusi!
Kechani olib borish vazifasi, ya'ni to'yxonani ichida nikoh oqshomini olib borish vazifasi Davron Kabulov hamda Zarina Nizomiddinovalarga ishonib topshirildi. To'y haqida juda ham ko'p yozishimiz mumkin, ammo hozircha mana shu ma'lumotlar bilan bir qator fotosuratlarni e'tiboringizga havola qilamiz. (Krystal Media, Happy Day, Krystal Limo Service kompaniyalari ushbu kecha tashkilotchilari hisoblanishadi.)

Www.UzBolakay.Com portali ijodiy jamoasi esa o'z o'rnida Alisher Uzoqovga baxt va saodat tilab qoladi!

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Alisher Uzoqov nikoh oqshomi

Категория: QAYNOQ YANGILIKLAR | Просмотров: 5379 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]