Главная » 2012 » Март » 3 » Yolg'iz qoldirma
14:09
Yolg'iz qoldirma

Уменьшить

Kimning qalbida dard, ko'zlari namli,

Hayot kim uchundir qayg'u alamli.

Bilsakki bu dunyo asli bir kamli,

Shu bir kamlarida yolg'iz qoldirma.

 

Hijron kechalari uzundan - uzun,

Muhabbatning nigohlari boqar mahzun.

Qorong'u zulmatga o'rnin bersa kun,

Shunday zulmatlarda yolg'iz qoldirma.

 

Azizim, men seni kutganim rostdir,

Qalbimni qo'lingga tutganim rostdir.

Sengacha men tanho o'tganim rostdir,

Bundan buyog'iga yolg'iz qoldirma.

 

Yolg'izlik azobin ko'rmasin hech kim,

Dunyoda yolg'iz ham yumasin hech kim.

Yaproqdek to'kilib turmasin hech kim,

O'tinchim, Yagonam, yolg'iz qoldirma...

Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 697 | Добавил: Uz_Qizaloq | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]