Главная » 2012 » Март » 21 » "Odnoklassniki.ru" saytida, oxirini o'ylamay qilingan hazil, qimmatga tushdi.
01:51
"Odnoklassniki.ru" saytida, oxirini o'ylamay qilingan hazil, qimmatga tushdi.
Avalambor Assalom-u Aleykum ! Bugungi bu maqolam, oxirini o'ylamay qilingan xato yoki boshqacha aytganda hazil, qimmatga tushishi haqida bo'ladi. Rossiyaning mashhur, "Odnoklassniki.ru" sayti, ko'pchiligimizga juda yaxshi tanish. Ushbu sayt, oddiygina bo'lsada juda ham chiroyli dizayni, suhbat uchun ancha keng tarzda yoritilganligi va ixchamligi bilan boshqa saytlardan ajralib turadi. Bu saytdan o'zim ham foydalanaman. Ismim Otabek. Ayrimlar taniydi meni. Ko'proq "Otabek - 6002" loginida bo'lishni yoqtiraman. Shuning uchun ham, ko'pchilik meni "6002" deb chaqiradi. Endi mavzuga to'xtalsam ... Mana yaqindagina yangi 2012-yilni kutib oldik. 31-dekabrni ko'tarinki kayfiyatlarda, tinch o'tdi, Allohga shukur. Har yangi yilning ilk kunlarida, 15 ga yaqin o'rtog'larim bilan, bir kun bayram qilish an'anamiz bor. Ya'ni 2-yoki 3-yanvar kunlarining kechkisida, bayramona o'tirish tashkil qilardik. Bu gal ham, an'anaga sodiq qolgan holda, bayram kechasini uyushtirdik. 15 taga yaqin o'rtog'larim bilan, meni uyimda yig'ilishdik. O'rtog'larim bir-biri bilan, hazilomus suhbatlar qurib o'tirishardi. Barcha bayramona kayfiyatda. Faqat bir o'rtog'im, uncha ham yaxshi kayfiyatda emas edi. Chunki u, yangi yildan oldin, sevgan insonidan ayrilgandi. Ismi Sardor. (Ism o'zgartirilgan) Sardor, qanday qilib sevganidan ayrilganini hechkimga aytmasdi. Odnoklassniki saytida gapirishlarini aytardi-yu, lekin u sirli qiz haqida, uncha ko'p gapirmasdi. Yangi yildan oldin, sevgani negadir vafot etgan. Nimagaligini esa, hechkimga aytsmadi. Shu tariqa bayram boshlandi. O'rtog'larim, qizg'in suhbatda ... Bir payt, gap odnoklassniki sayti haqida ketdi. Biri: meni "Druzyam" faloncha desa, biri: meni "Klass" sim falonchaga yetdi derdi. Bu gaplardan so'ng, Sardor yanada xomush tortdi. Qolgan o'rtog'larim Sardor nega xafa bo'lganini tushunib, undan kechirim so'rashga oshiqishdi. "Bilmay gapirib yubordik, yarangni yangilamoqchi emasdik" deya ... Sardor hammaga mayuslik bilan qaradi-da, hechnima demay, yana yerga tikilib turardi. Shunda bir o'rtog'im o'rnidan turib, Sardorga baqira ketdi.
-Sardor ! Bo'ldi-da endi o'rto. Bo'lar ish bo'lgan. Buncha o'zingni qiynamasang ?! Dardingni ichinga yutib, o'zingni bundanda ko'proq azobga qo'yapsan. Nima, endi qolgan umringni shunday o'tkazmoqchimisan ? Iltimos o'rto, dardlaringni ichinga yutma ! Nima bo'lgandi o'zi ? Ilgari bunaqa emas eding. Sho'x-shodon Sardor qani axir ? Endigi holating, xuddi jonsiz odamga o'xshaydi. Qanday qilib sevganing vafot etdi ? Iltimos, bizdan yashirma ! Dardingni aytib, biroz yengil tortarmiding deyman-da. Baqirganim uchun kechirasan o'rto. Biroz qizishib ketdim. Uzr ... Aytishga haddi sig'mayotgan Sardor, bu kabi gaplardan so'ng, bir muddat o'ylanib qoldi. Aytishga qo'rqayotgani va o'zida bu uchun iroda topolmayotgani sezilib turardi. Oxiri, barchaga qarab yuzlandi-da, bo'lib o'tgan voqealarni gapirib berdi. Nega buni aytgani tortinayotganini va dardini ichiga yutayotganini keyin tushundik. Uning aytishicha, vafot etgan sevgan insoni, o'zini qarindoshi ekan. Barchamizni hayratga solgani bu emas, vafot etgan sevgan insoni, o'g'il bola ekan. Hamma o'rtog'larim buni eshitib, og'izlari lang ochilib qoldi. Sardor, o'sha qarindoshi haqida ham, batafsil gapirib berdi. Qarindoshini ismi Navro'z ekan. (Ism o'zgartirilgan) Yoshi 21 da. Odnoklassniki saytiga 19 yoshidan kirib kelgan Navro'z, avvaliga o'z nomidan profil ochadi. (Profil - ya'ni shahsiy sayt) 5 - 6 oy davomida undan foydalanib, negadir yana bir yangi profil ochishga urunadi. Ajablanarlisi shuki, bu ochgan yangi profil o'g'il bolaning emas, aksincha qiz bolaning profili qilib ochiladi. Ya'ni o'g'il bola bo'la turib, saytga qiz bolani nomidan kirishga mo'ljallab. Navro'z, qarindoshi Sardorni hazil tariqasida aldashga kirishadi. Unga qiz bola bo'lib, sms xabarlar yozadi. O'g'il bola ekanini bilmagan Sardor, u bilan gaplasha boshlaydi. Sardorni sevgan insoni yo'q edi. Shuning uchunmi bilmadim, o'rtog'im baxtimni topdim deya xursand bo'lib, gaplasha boshlaydi. Qaysidir kun Navro'z atayin Sardorni uyiga keladi va gapni uzoqdan olib, "Internetda nima yangiliklar ?" deb so'raydi. O'zida yo'q xursand Sardor: "Men sevib qoldim, baxtimni uchratdim" deydi. Navro'z esa, "Zo'r-ku" deya, ichida Sardorni ustidan kuladi. Sevib qolganiga hayron bo'lmang. Navro'z, qayerdandir bir qizni 10 taga yaqin rasmini ko'chirib olib, profiliga o'rnatadi. Sodda o'rtog'im esa, uning sohta rasmlariga va muloqotiga qattiq oshiq bo'ladi. Buning natijasida Sardor, Navro'z bilan soatlab-soatlab gaplashishga o'rganib qoladi. Soxta mulozamatdan lazzatlanayotgan Navro'z, Sardorga kimligini aytmay, gaplashishda davom etadi. Bu orada Sardor, Rossiyaga ishlagani ketadi. Lekin, Rossiyada bo'lsa ham, ular odnoklassniki sayti orqali gaplashaverishadi. Tobora yaqinlik kuchayavergach, do'stlikdan sevgiga o'tishadi. (O'g'il bola bilan, o'g'il bola sevishsa-ya ? Astag'firulloh) Ancha vaqt, sevishib yurishadi. Bunga ham, hayron bo'lmang ! Go'zal bir qiz qiyofasidagi Navro'z, o'rtog'imni xuddi sevib qolgandek, unga ham sevgi izhor qiladi. Go'yoki ular, sevishganlarga aylanishadi. Navro'z nega bunday qilganiga hech aqlim yetmadi. Xullas Sardor u qizga, ya'ni Navro'zga telefon raqamini berishini so'raganda, Navro'z, turli xil bahonalar topib, telefon raqamni aytmaslikga harakat qiladi. Sardor o'shanda Rossiyada bo'lgani uchun, Navro'z unga, Rossiyadan qaytishi bilan uchrashib, keyin telefon raqamini berishini vada qiladi. Bu yolg'onlarga ishonib, xom hayollarga berilgan Sardor, Rossiyadan qaytishi bilan, u bilan uchrashib, uylanishga qat'iy qaror qiladi. Nimalar qilayotganini anglamagan Navro'z, unga bular hazil ekanini aytmay, qani nima bo'larkin deya, gaplashishdan to'xtamaydi ... Sodda o'rtog'im, profilidagi barcha do'stlarini o'chirib, faqatgina uni qoldiradi. Navro'z esa, o'sha rasm o'g'irlagan qizning profiliga kirib, qiz qo'ygan har bir yangi rasmlarni ko'chirib olib, o'z profiliga joylashda davom etadi. Buni ko'rib, Sardor, undan aslo shubha qilmaydi. Munosabatlar tobora avj oladi ...
(ORADAN 7 OY O'TADI)
Oradan 7 oy o'tib, Sardor uyga qaytishga hozirlik ko'ra boshlaydi. Buni eshitgan Navro'z, Sardor bilan ataylab janjal qilishga va profilini o'chirishga urunadi. Hechqanday natija bo'lmagach, Navro'z profilidagi barcha ma'lumotlarni o'chiradi. Profilida na bir dona rasm va na bir dona status (izoh) qoladi ... Sardor uyga qaytgach, to'yga tayorgarlikni boshlaydi. Rossiyada bo'lganida uydagilariga qo'ng'iroq qilib, "Borishim bilan to'yni boshlaymiz" deya ta'kidlagan bo'ladi. Sardor bor mol-u davlatlarini yig'ib, to'yga tayorgarlikni boshlaydi. (Kelinni ko'rmay turib-a ? Sardor odnodagi sevgisiga qattiq ishonadi) Ammo sevgilisidan, darak yo'q. O'rtog'im Navro'zga, ya'ni qiz bola qiyofasidagi kishiga, uchrashishni va to'yni boshlaganini aytish maqsadida, odnoklassniki saytiga kiradi. Lekin ..... "Profil udalyon" yozuvini ko'rib, qattiq shokga tushadi. Bu yozuvdan qo'rquvga tushgan o'rtog'im, uni tashlab ketganiga ishongisi kelmaydi. Ammo, bu haqiqatligini bilgach, butunlay yashashdan so'nadi. Oradan shu tariqa bir hafta o'tadi. Sardor, kecha-yu kunduz odnoga ko'z tikib o'tiradi. O'chirilgan profilga yuzlab xatlar yozadi. Biroq, javob yo'q ... Ha, u qattiq sevib qolgandi. Navro'z o'rnatgan suratlarga, chindan oshiq bo'lgandi. Ammo, bu o'yin sevgi ekani, yetti uxlab tushiga ham kirmaydi. Bu voqealardan so'ng Navro'z, Sardorni uyiga kelib, unga hazil qilmoqchi bo'lganini, voqealar bu darajada tus olishini bilmaganini aytmoqchi bo'ladi. Lekin bunga beti chidamay, o'zini kechirolmay aytishga haddi sig'maydi. Qarindoshini tirik murdaga o'xshab qolgan ahvolini ko'rib, qattiq pushaymon yeydi. Ammo, bo'lar ish bo'lib bo'lgandi. Bor gapni aytishga jur'ati yetmagan Navro'z, nimalar qilib qo'yganini afsuski kech tushunadi va ortga qaytadi. Uyga qaytib kelgach, qog'oz-ruchkani olib, nimalarnidir yozadi va bu qog'ozni Sardorga keltirib beradi. Bu qog'oz, o'rtog'imga xat tariqasida yozilgan maktub bo'ladi. Ushbu maktubni hozir o'qimaslikni, biron soatlardan so'ng o'qishini tayinlab, Navro'z xonadan chiqib ketadi. Bu qilmishi uchun o'zini kechirolmagan Navro'z, uyiga kelib o'zini osadi ........ Oradan chamasi bir soatlar o'tgach, o'rtog'im Navro'z yozgan xatni o'qiydi. Unda Navro'z, vaqtida aytolmagan haziliga iqror bo'lib, chin dildan kechirim so'raganini va bu qilmishiga jazo olish uchun, Alloh huzuriga ketganini yozadi. Bu gaplarni o'qigan Sardor, shosha-pisha Navro'zlarnikiga yuguradi. Biroq, kech qolgandi ... Endi Ota-onasining, yaqinlarining, do'stlarining achchiq ko'z yoshlari ham, Navro'zni ortiga qaytara olmasdi. Oxirini o'ylamay qilgan birgina hazilini deb, bor gapni vaqtida aytolmagan Navro'z, yosh umri bilan bu dunyoni tark etadi ... Vaqtida aytib, bu ishiga yakun yasaganida, balki bunday bo'lmasdi ...
Ko'zida yosh bilan, Sardor gapini tugatdi ... Bu so'zlarni eshitib, barchamiz hayratdan qotib qoldik. Kimdir ichida "Nahotki ?" desa, kimdir shu so'zni ham ayta olmay qoldi. Oradan ozroq vaqt o'tgach, hamma o'ziga keldi va Sardorga dalda bo'la boshlashdi ...
Suhbatimiz tugab, hamma uy-uyiga qaytdi. O'rtog'larim ketishgach, Sardorning gaplarini qaytama-qayta xayolimga keltira boshladim. Eh, Navro'z nega qiz bolani nomidan kirib, hazil qilmoqchi bo'lgan ? Nega vaqtida bu hazil ekanini aytmagan ? Bu savollarga esa, har kim har xil javob berishi shubhasiz. Menimcha Navro'z, buni oxiri muthish oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rmagan. Men, ushbu bo'lib o'tgan muthish voqeadan so'ng, shuni tushundim-ki: "Oxirini o'ylamay qilingan hazil, qimmatga tushadi" degan bir ibratli so'zga, bu voqea isbot bo'ldi. Shundan so'ng, bu voqeani maqola qilib yozishga qaror qildim. Buni maqola qilib yozganim uchun, voqea qahramonidan uzr so'rayman. Ushbu voqeani yomon niyatda yozmadim. Bu voqea, barchamizga saboq bo'lsin inshoolloh ! "Oxirini o'ylamasdan qilingan hazil, albatta qimmatga tushadi !" Buni unutmaylik ! Alloh barchamizning qalbimizdan iymon nurlarini darig' tutasin !
E'tiboringiz uchun tashakkur !
Категория: Xikoyalar | Просмотров: 1584 | Добавил: rasulzhon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]