Главная » 2012 » Март » 4 » Hayrulla Hamidov Tushumga kiradi Buxoriy bobom
17:22
Hayrulla Hamidov Tushumga kiradi Buxoriy bobom
 

Hayrulla Hamidov Tushumga kiradi Buxoriy bobom

Tushumga kiradi Buxoriy bobom,  
Tur deydi namuncha uxlading bolam.
 Jon tikib top`lagan xadisim o`qi,
 She`r yozsang tuzikroq satrlar to`qi. 

 Buncha xam bo`lmasang ayolinga mast,
 Ayoling past qilgan xayolinga mast.
 Tur deydi o`rningdan muncha uxlaysan,
 Bugun yig`lamasang, ertan yig`laysan. 

 Namuncha dunyonig quliga do`nding, 
Ozgina zo`rlasa indamay ko`nding. 
Qo`y endi, yod eldan faxrlanishni, 
Buhoriy bobom deb faxrlanishni. 

 Undan ko`ra tafsir kitoblarni tit, 
Arzimas matoni egningdan irg`it. 
Rasulim, Rasulim deysani ammo, 
Amallaring riyo, ko`zlaring `amo. 

 Qandaq manga sirdosh degaysan 
Tushingda zinolar qilsang bemalol, 
Termiziy yurtida tug`ildim dema, 
G`amdan tashkil dunyo g`amini yema. 

 Agar ajratmasang oqu-qorani, 
Yodlab o`tirmagin o`ttiz porani. 
Chiroyli so`zlarni chiroyli sozlab. 
Chiranding chiqolmay chiroyni ko`zlab. 

 Guldan xaykal bitma o`zingdan o`zing, 
Qilgan amalinga most kelsin so`zing. 
Innamal `amanul binniya deb on,
 Xoxlagan ishinga qo`l urma nodon. 

 Ushbu Xadis asli ma`nosi o`zga, 
Sira xam mos kelmas sen aytgan so`zga. 
Amalga intilgin Xadislar yodla, 
Tunlari gunoxim ko`p deyu dodla. 

 Ko`ngling hohishini hohish demagin, 
Farqi yuq xox gunox xox ish demagil. 
Agar bolam bo`lsang bobongga most b`ol, 
Yolg`on tana bo`lma ozgina rost bo`l. 

 Xechkim ko`rmas joyda aylagin taqvo, 
Skunat riyoviy taqvodan iqvo, 
Tushumga kiradi Buxory bobom. 
Xalqimga bir so`zni yetkazgin bolam. 
 
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim, 
Maqsadi ziyorat qastida balkim. 
Turli marosimlar uyushtribdi, 
Yoshimnifalon deb sanab yuribdi. 

 Yo`q! Xayxot bu xolat dinda bidiatdur, 
Bidiatsiz yashamak chin saodatdir. 
Qabrimda muqaddas narsa yuq aslo, 
Bu xolni xis qilar xar aqli raso. 

 Bu ishlar o`rniga aqli farosat, 
Go`zal Xadislardan izlar nafosat. 
Rasuli Akramning xar bir so`zlarin, 
Shiyor aylagay va surtgay ko`zlarin. 

 Garchi ul zot uchun borim berganman, 
Payg`ambar qabriga tpinmaganman. 
Jamiy qudusiyat Allohga mutloq, 
Bu yuldan o`zgasin istagan noxaq. 

 Qabrimga ko`zmo`nchoq kelganlar taqib, 
Jaxolat qariga ketgan uloqib. 
Xalqim turkiy zabon istasa javob, 
Xadisni o`qisin menga shu savob. 

 O`tgan kunlarini aylabon nosib, 
Saxixga ergashsa xayoti saxix. 
Tushumga kiradi Buxoriy bobom, 
Ko`chada gullabdi nixoyat bodom. 

 Tur deydi bolama uxlading ko`pam, 
Bugun xadisga yod men o`sgan supam. 
Ul supani supurib qayrgin, 
Kam sonli mo`minga salomim aytgin. 

 Buxoroning nomi "Bu xoro"midi? 
Men ko`rgan shaxr shu Buxoromidi? 
Xadis yodlovchiga sig`magan shaxr, 
Bugun bir xadisdan tamom be xabar. 

 Qizlari yalong`och, erlari beor. 
Yo o`zgarib ketdi iloxiy shior. 
Agarcha Islomning dardin yemaslar, 
Buxoriy nomiga xaqli emaslar. 

 O`zlarin Buxoriy yurtidan deb miz, 
Tanishtrmasinlar o`zidan ketib. 
Undan ko`ra dinga bo`lsinlar tobe,
 Iloxiy amrga doimo some. 

 Aytgan suzlarimga bolam amal qil! 
Ushanda men ulardan rozi bulgum bil!
 Istasalar ruxim bo`lishini shod, 
Xadisga muofiq kechirsin xayot.


Категория: ♥She'rlar/Verses♥ | Просмотров: 4225 | Добавил: Web_MasteR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]